Nihoyat viloyatimiz sport shinavandalari orziqib kutgan kun ham keldi. Pekin, London olimpiadalarida viloyatdoshlarimizning faqatgina bronza medallari bilan qanoat qilishgan muxlislar okean ortida Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida kechgan har to’rt yillikning eng yirik musobaqasida yuqori probali medallar zavqini ham tuyishga muvaffaq bo’lishdi.


