Архив рубрики: Спорт

​YUKSAK MARRALARNI KO’ZLAGAN O’G’LON

      Inson irodasi, uni hayot sinovlarida toblaydi, sabr bilan jamiyatda oʼz oʼrnini topishga undaydi. Matonat esa, ezgulik ila maqsad sari dadil intilishga, bu yoʼldagi barcha qiyinchiliklarni mardonavor yengish uchun cheksiz quvvat bagʼishlaydi.

Ma’lumki, “Sambo”-sport kurashi turi. Unga kurashning milliy turlaridagi eng samarali usullar asos qilib olingan. XX-asrning 30-yillarida SSSRda paydo boʻlgan.

Bizning bugungi qahramonimiz Saidaliakbar Yusupov 2010-yildan buyon sportnining aynan shu turi bilan muntazam ravishda shug’ullanib kelayotir.

– Ushbu sport turi hayotimning ajralsam bir qismiga aylanib ulgurdi, desam adashmagan bo’laman. Insonning tarbiyasida ota-ona asosiy rolda bo’lsa, uning hayotda kasb-hunarli bo’lib, o’z yo’lini topib ketishida, shubhasiz, ustozlarining o’rni bo’lakcha. Men, dastlabki saboqlarni chinakam fidoyi ustozlarim, ko’plab shogirdlarini yuksak shohsupalarga chiqishida beminnat xizmat qilgan inson Ulug‘bek Raxmonov va Shavkat Baratovlardan olganman. Bu oliyjanob ustoz bilan haqli ravishda faxrlanaman, – deydi biz bilan suhbatda Saidaliakbar.

Bugungi kunga qadar mazkur sport turi bo’yicha 2017 yil 12-16-oktabri kunlari Sеrbiyaning Novisad shaxrida bo’lib o’tgan Sambo sport turi bo’yicha Jaxon chеmpionatida faxrli 2-o’rinni, 2019 yilning 04-07-sеntabr kunlari Janubiy Korеya davlatining Chungju shahrida “Butunjahon o’yinlari”da 80 dan ortiq davlatlar o’rtasida sportning sambo turi bo’yicha bo’lib o’tgan yirik musobaqada faxrli 3-o’rinni, shuningdеk, 2019 yil 18-20-oktabr kunlari Ukraina davlatining Kiеv shahrida “COMBAT JU-JUTSU” sport turi bo’yicha bo’lib o’tgan jahon chеmpionatida faxrli 3-o’rinni egallagan.

U o’qish davomida 2022 yilning 30-31-iyul kunlari Samarqand shahrida bo’lib o’tgan “COMBAT JU-JUTSU” sport turi bo’yicha O’zbеkiston chеmpionligini qo’lga kiritgan. Qolaversa, 2022 yilning 09-11-sеntyabr kunlari Buxoro shahrida bo’lib o’tgan “COMBAT JU-JUTSU” sport turi bo’yicha Osiyo chеmpionatida faxrli 2-o’rinni, 2022 yilning 02-04-dеkabr kunlari Ispaniyaning Barsеlona shahrida “COMBAT JU-JUTSU” sport turi bo’yicha bo’lib o’tgan Jahon chеmpionatida faxrli 3-o’rinni, 2023 yilning 15-18-iyun kunlari Qozoqistonning Alma-ota shahrida “COMBAT JU-JUTSU” sport turi bo’yicha bo’lib o’tgan Osiyo chеmpionatida 1-o’ringa loyiq dеb topildi.

S.Yusupov sportga bo’lgan qiziqishi tufayli 2023 yilda “COMBAT JU-JUTSU” sport turi bo’yicha “Xalqaro toifadagi Hakam” lisеnziyasini qo’lga kiritdi. 2021 yilda sportning sambo turi bo’yicha sport ustasi unvonini qo’lga kiritgan.

– Bu yutuqlar, faqat mening yutuqlarim emas, menga ishonch bildirgan ustozlarim, ota-onamning, har dam yonimda turib, meni qo’llab-quvvatlab turgan barcha qalban yaqinlarimning ham yutug’idir. Ularning ishonchi, daldasi meni har lahza chempion bo’lish, yuksak marralarni qo’lga kiritishimga undaydi. Kelgusida ham O’zbekistonimiz bayrog’ini, ramziy ma’noda aytganda, bundan-da ko’klarga ko’taraman, – deydi u.

Bunday musobaqalarni o‘tkazishdan maqsad: yoshlarni jismoniy tarbiyaga jalb qilish, ular o‘rtasida tajriba almashuvini kuchaytirish, sportchilar va trenerlar mahoratini oshirish, ushbu sport turini yanada rivojlantirish, sog‘lom hamda Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadigan yosh avlodni tarbiyalash hisoblanadi.

Yuksak marralarni ko’zlagan Saidaliakbarning kelajakda olimpiada o’yinlarida ham g’olib bo’lib, uning shohsupalarida bayrog’imizni dast tutishiga va yurt koriga yaraydigan inson bo’lib yetishishiga ishonamiz.

­Dilnavoz To‘xtayeva                                                                “Buxoro yoshlari” muxbiri

MUHABBAT TUKLIYEVA — UMIDLI YOSH SPORTCHI

 2024 yil — Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili

Yurtimizda sport ravnaqiga, xalqimizni sportga ommaviy tarzda keng jalb etishga, ayniqsa, kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni har jihatdan yetuk va komil insonlar bo‘lib kamolga yetishlariga hukumat darajasida e’tibor qaratilmoqda. Bu kabi sa’y-harakatlar o‘zining ijobiy samaralarini berayotgani quvonarli.

Muhabbat Tukliyeva Buxoro shahridagi 29-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabining 4-sinfida o‘qiydi. Muhabbat maktabga qadam qo‘ygan ilk kunlaridan shu kunga qadar bilimga chanqoq, tirishqoqligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

— U nafaqat fanlardan a’lo baholarda o‘qiydi, balki sport yo‘nalishida ham bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Uni doimo tengdoshlariga o‘rnak sifatida ko‘rsatamiz, — deydi mazkur muassasaning fidoyi muallimasi Dilrabo Fayzulloyeva.

Muhabbat bolaligidan sportga qiziqib, nafis sport turi bo‘lmish gimnastika bilan shug‘ullanishni boshlab, bugungi kunga kelib bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritib, maktab faxri bo‘lib kelmoqda. U bir necha yillardan buyon xalqaro sport musobaqalarida ham faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

Kuni kecha faol singlimiz Ojarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilgan “GymStar International Cup” xalqaro musobaqasida o‘z yosh toifasida ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat ahlini yana bir bor mamnun etdi. Qolaversa, Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha “Mensulu”, Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan “Жемчужина востокс”, “Золотие минарети”, “Ташкентская осень” ochiq turnirida faxrli 1-o‘rinni, “Финал Кубка России” ochiq turnirida faxrli 2-o‘rinni egallagan singlimizdan umidimiz katta.

Zero, imkoniyatlar mamlakatida har bir dadil qadam o‘zining ijobiy samarasini berishi muqarrar.

Donishmandlar aytganidek:

Umid bilan suqilgan tayoq

Bir kun berar mevayu yaproq. 

Dilnavoz TO‘XTAYЕVA, 

                                              “Buxoro yoshlari” muxbiri

​YUKSAK MARRALARNI KO’ZLAGAN O’G’LON

             Inson irodasi, uni hayot sinovlarida toblaydi, sabr bilan jamiyatda oʼz oʼrnini topishga undaydi. Matonat esa, ezgulik ila maqsad sari dadil intilishga, bu yoʼldagi barcha tezlikni mardonavor yengish uchun cheksiz quvvat bagʼishlaydi.

 

Ma’lumki, “Turon” yakkakurashi milliy sport turidir. Turkiy xalqlar jang qilish san’ati namunasiga ko’ra qadimdan mashhur bo’lgan bu ma-yakka usuli bilan kurashish Amir Temur vaqtida takomiliga yetgan. Raqiblar maydonga chiqqanda qo’llarini yuqoriga ko’tarib, bir-birlariga kaftlarini ko’rsatishadi. Bu “koʻrib qoʻy, qoʻlimda hech narsa yoʻq, halol kurashaman” degan maʼnoni bildiradi.

Uch sport turiga qaratib katta e’tibor kelinmoqda. Har Toshkent shahri birinchiligi va Oʻzbekiston chempionati musobaqalari oʻyinlari.

Bizning bugungi qahramonimiz Husniddin Baxshillayev 2010-yildan buyon sportnining aynan shu turi bilan muntazam ravshan shug’ullanib kelayotir.

– uch sport turi hayotimning ajralsam bir qismiga aylanib ulgurdi, desam adashmagan bo’laman. Insonning tarbiyasida ota-ona asosiy rolda bo’lsa, uning hayotda kasb-hunarli bo’lib, o’z yo’lini topib ketishida, shubhasiz, ustolarining o’rni bo’lakcha. Men, oldingi saboqlarni chinakam fidoyi ustozim, ko’plab shogirdlarini yuksak shohsupalarga chiqishida beminnat xizmat qilgan inson Kamol o’lganman bu oliyjanob ustoz bilan haqli qatnashgan faxrlanaman, – deydi biz bilan suhbatda Husniddin.

Bugungi kunga qadar ushbu sport turi bo’yicha 8 karra viloyati miqyosidagi turnir g’olibligi, 4 karra respublika, 1 karra chempionat. mukofotdori ham bo’lgan.

Eng quvonarlisi, bugungi kunda Buxoro davlat universitetida tahsil olayotgan Husniddin yaqinda Buxoro viloyatida o’sha yili Osiyo kubogida faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi hamda universitet old rektori Obidjon Hamidovdan 4 million so’m miqdorida bulib inson qadrini topishi mumkin.

– Bu muvaffaqiyat, faqat mening foydam emas, menga ishonch bildirgan ustozlarim, ota-onamning, har dam yonimda turib, meni qo’llab-quvvatlab turgan barcha qalb yaqinlarimning ham yutug’idir. Ularning ishonchi, daldasi meni har lahza chempion bo’lish, yuksak marralarni qo’lga bilishga undaydi. Kelgusida ham O’zbekistonimiz bayrog’ini, ramziy ma’noda gapir, bundan-da ko’klarga ko’taraman, – deydi u.

Bunday musobaqalarni o’tkazishdan maqsad: yoshlarni jismoniy tarbiyaga jalb qilish, ular o’rtasida tajriba almashuvini ishlab chiqarish, sportchilar va trenerlar mahoratini oshirish, ushbu sport turini rivojlantirish, sog’lom hamda Vatanimiz rav qnasishiga o’z hisnasiga o’z hisnasiga o’ z .

Yuksak marralarni ko’zlagan Husniddinning olimpiada o’yinlarida ham g’olib bo’lib, uning shohsupalarida bayrog’imizni dast tutishiga va yurt koriga yaraydigan inson bo’lib yetishishiga ishonamiz.

Dilnavoz TO’XTAEVA,

“Buxoro yoshlari” muxbiri

ОТА УМИДИ БЎЛГАН ЭГИЗАК СПОРТЧИЛАР!

Ҳар гал Жаҳон ареналарида юртимиз мадҳияси янграганда қалбимизни ўзгача ҳислар қамраб олади. Ўзбекистон номини бугун юқори чўққиларга олиб чиқаётган ёш спортчиларимизнинг асл мақсади ҳам юрт байроғини юксакка кўтаришдир.

Batafsil ОТА УМИДИ БЎЛГАН ЭГИЗАК СПОРТЧИЛАР!

ЖАҲОН РЕКОРДЛАРИ ЯНГИЛАНДИ

Бухоро шаҳри спортнинг тош кўтариш тури бўйича илк бор жаҳон чемпионатига мезбонлик қилди. Катталар, ўсмирлар, фахрийлар ва имконияти чекланганлар ўртасида ўтказилган ушбу чемпионатда жаҳон рекордлари янгиланди. Batafsil ЖАҲОН РЕКОРДЛАРИ ЯНГИЛАНДИ

“ЮРАГИМ УРАДИ СЕНИ, ДЕБ ВАТАН!”

Жамшид Ҳайитов болалигидан спортнинг эркин кураш тури билан шуғулланиб келади. Тажрибали спорт мураббийси Митхат Гарифулиндан олган сабоқлари унинг ушбу кураш тури бўйича юксак натижаларга эришишига муяссар этди.

Batafsil “ЮРАГИМ УРАДИ СЕНИ, ДЕБ ВАТАН!”

Кураш  мусобақаси сайли

Бухоро вилоят ҳокимлиги, Жисмоний тарбия ва спорт бошқармаси Бухоро кураш федерацияси томонидан ХVII “Ипак ва зираворлар” халқаро фестивали муносабати билан Пойи Калон мажмуасида “Кураш  мусобақаси сайли” бўлиб ўтмоқда. Batafsil Кураш  мусобақаси сайли