“…Устига-устак шифохонага борган келинчакка очликдан саломатлигига зарар етгани айтилган. Очликнинг сурункасига давом этиши оқибатида юрак хасталиги авж олгани ташхиси қўйилган.”
Архив за месяц: Июнь 2022
Bolangizga oʻrnak boʻling!
Dunyoning lazzatlaridan biri bu kitob mutolaa qilish desak adashmagan bo’lamiz. Bu kitobdagi satrlarni ko’zdan kechirib chiqish yoki til uchida o’qish emas, balkim yozuvchining qahramonlari hayotida yashab ko’rish, jumlalarda yashirin hislarni uqib olishdir. Kitobni sevgan insondan yomonlik chiqmaydi, xalqning dushmani, loqayd, beparvo bo’lib voyaga yetmaydi, aksincha, Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka qarab kamol topadi. To’g’ri, birinchi o’rinda bolaga kitobni, mutolaa zavqini o’rgatish uchun ota-onaning roli ahamiyatlidir. Bu haqiqat! Biroq oramizda shunday insonlar borki, ular bolalariga kitob o’qish yoki xarid qilib berishdan ko’ra, yig’laganda telefon bilan ovutishni afzal ko’rishadi. Inson asli tabiatan shunaqa oson yo’lni qidiradi, dangasalikni xush ko’radi. Bolani kitobga oshno qilishning eng maqbul yo’li unga o’rnak bo’lishdir. Siz bugunning o’zida sinab ko’ring va natiajasini darrov ko’rasiz.
Telefon titkilashga o’rganib qolgan, o’qish va uqish mashaqqati bo’lmagan videolar hamda o’yinlarga berilgan bolaning miyyasida kitob mutolaasi ortiqcha qiyinchilik tug’dirgandek tuyuladi. Lekin kitob bolaga bilim, ma’lumot ulashishdan tashqari uni tarbiyalaydi ham. Qolaversa asar voqealaridan o’rnak oladi, xulosa qilishga undab, tasavvur olamini kengaytiradi. Kitob o’qigan bola do’stlariga qaysidir o’yinda rekord o’rnatgani bilan emas, kechasi bilan kitob o’qigani, o’qishga berilib tugatib qo’ygani bilan maqtanadi. Kitobning foydasi va bizga manfaati ham ana shunda!
Shahnoza Jalilova
Бухорода Ёш лидерлар форуми
- Туркий давлатлар ташкилоти Бош котиби – Б.Амреев, Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлиги директори, сенатор – Алишер Саъдуллаев, Бухоро Вилояти ҳокими – Ботир Зарипов Туркий давлатлар ташкилотига аъзо мамлакатлар ёшлари иштирокида IV Ёш лидерлар форуми бошланди.
Бухорода Туркий давлатлар ташкилотига аъзо мамлакатлар ёшлари иштирокида IV Ёш лидерлар форуми бўлиб ўтади
“Buxoro yoshlari” газетаси Бухорода жорий йилнинг 3-4 июнь кунлари туркий дунёда “Ёшлар ташаббусларини қўллаб-қувватлаш йили” деб эълон қилинганди. Шу муносабат билан жорий йилнинг 3-4 июн кунлари Бухоро шаҳрида Туркий давлатлар ташкилотининг IV Ёш лидерлар форуми ўтказилади.