Tarixdan maʼlumki, o‘zbek xalqida bag‘rikenglik, totuvlik, mehmondo‘stlik, xalqparvarlik kabi umuminsoniy fazilat va jihatlar shakllanib kelgan. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan odilona va izchil islohotlari natijasida millatlararo munosabatlar, yaxshi qo‘shnichilik va ayniqsa, dunyoning turli mintaqasidagi ko‘pgina davlatlar bilan har tomonlama diplomatik munosabatlar, yaxshi sherikchilik va do‘stlik aloqalarini o‘rnatish borasida jadal islohotlar, tashabbuslar amalga oshirib maqsadli, tizimli yo‘lga qo‘yildi. Xalqaro maydonda va diplomatik munosabatlarda yangi O‘zbekiston qiyofasi tom maʼnoda gavdalanmoqda. Bugun O‘zbekiston dunyoga, dunyo O‘zbekiston sari intilmoqda. Buning misolini yurtboshimizning joriy yilning 22-may kuni Sloveniya davlatiga tashrifida ham ko‘rish, guvohi bo‘lish mumkin.
Batafsil O‘ZBEKISTON-SLOVENIYA: do‘stona hamkorlikning yangi davri →