• YOŞLAR BILAN BIRGA YUTUQLAR SARI

Bugungi kunda mahallalarda yoşlar bilan tizimli işlaş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, bandligini ta’minlaş hamda böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş eng ustuvor vazifalardan biridir. Bu borada yoşlar yetakçilarining taşabbuskorligi, fidoyiligi va ular bilan hamjihatlikda olib borayotgan sa’y-harakatlari alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi Beşrabot mahallasida jami 1340 nafar yoş istiqomat qiladi. Şundan 14 yoşdan 30 yoşgaça bölganlar 610 nafarni taşkil etadi. Mahalla yoşlar yetakçisi Mavlon Jalilov yoşlar bilan birgalikda bir qator muhim loyihalarni hayotga tatbiq etib kelinmoqda.

Mahalla infratuzilmasini yaxşilaş

“Taşabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oşirilgan işlar uşbu ezgu maqsadning yaqqol namunasidir. Yetakçi taşabbusi va yoşlar faolligi natijasida 2022-yilda qiymati 1 mlrd 280 mln sömlik 3,6 km içimlik suvi tarmoğini tortiş, 2024-yilda esa qiymati 1 mlrd 500 mln sömlik 3,2 km mahalla içki yöllarini asfaltlaştiariş loyihalari ilgari surildi va bu loyihalar ğolib, deb topildi. Mazkur loyihalarning hayotga tatbiq etilişi hududni obodonlaştirişga xizmat qildi.

Yoşlar bandligi e’tibor markazida

Yigit-qizlarning bandligini ta’minlaş mahalladagi eng asosiy yönalişlardan biri. Şu maqsadda yoşlarning qiziqişi, qobiliyati hamda mavjud imkoniyatlari muntazam örganilib, ularni kasb-hunarga örgatış, işga joylaştiriş va tadbirkorlik faoliyatiga yönaltiriş böyiça amaliy çoralar körilmoqda.

Jumladan, “E-Auksion” platformasi orqali 40 nafar yoşga 8 gektar ekin yeri olib berilib, ularning doimiy daromad manbayi yaratildi. Hozirda yoşlar boğdorçilik va oziq-ovqat mahsulotlari yetiştiriş orqali öz daromadlarini oşirmoqda. Bundan taşqari, 15 nafar yoş kasb-hunarga öqitildi, 22 nafari esa muqim iş orinlariga joylaştirildi. Şuningdek, öz biznesini boşlaş istagini bildirgan 10 nafar yoşga oilaviy tadbirkorlik yönalişida jami 177 mln 600 ming söm, yana 2 nafar yoşga esa PQ-60-sonli qaror doirasida jami 107 mln söm imtiyozli kredit ajratilib, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyışiga kömaklaşildi.

Uşbu taşabbuslarning boş maqsadi har bir yoşning öz imkoniyatlarini röyobga çiqarişi, munosib kasb egallaşi hamda jamiyatda öz ornini topişiga kömaklaşişdir.

Sport — soğlom va faol yoşlar garovi

Yoşlarning dars va işdan taşqari vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ularni ommaviy sportga keng jalb etişni közlab, mahallada muntazam ravişda musobaqalar uyuştirilmoqda. Ayniqsa, tungi sport tadbirlari yoşlar orasida katta qiziqiş uyğotib, faollikni yanada oşirdi.

Tungi sport tadbirlari doirasida futbol, voleybol, şaxmat va stol tennisi böyiça ōtkazilayotgan bellaşuvlarda 50 dan ortiq yoş doimiy iştirok etib kelmoqda. Bu esa yoşlarning sportga bölgan iştiyoqini mustahkamlab, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yoşlar loyihalari va taşabbuslari

Yoşlar işlari agentligi tomonidan yölga qöyilgan “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi”, “Uzçess”, “Mutolaa” va “Ustoz AI” kabi 5 ta mega loyiha mahallada keng tarğib qilinmoqda. Uşbu platformalar orqali Beşrabotda istiqomat qiluvçi 666 nafar (49,7 foiz) yoş qamrab olindi.

Yetakçilik faoliyatida asosiy e’tibor yoşlarning taklif va taşabbuslarini tinglaş, ularni amaliy loyihalarga yönaltiriş hamda mahalla hayotidagi muhim masalalarni birgalikda hal etışga qaratilgan. Har bir amalga oşirilgan loyiha, işli bölgan yoş yoki sport musobaqasida zafar quçgan iştirokçi olib borilayotgan işlarning amaliy samarasidir.

Kelgusidagi maqsadlar

Bugungi muvaffaqiyatlar tinimsiz izlaniş, taşabbus va hamjihatlikning mahsulidir. Kelgusida ham yoşlar bilan birgalikda yangi loyihalarni hayotga tatbiq etış, ularning iste’dod va imkoniyatlarini röyobga çiqariş hamda mahalla taraqqiyotiga munosib hissa qöşış borasidagi işlar izçil davom ettiriladi.