O’ZBEKISTON-IJTIMOIY DAVLAT

So‘nggi yillarda erishgan yutuqlarimizni, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sudlov, so‘z va e’tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit masalalaridagi muammolar hal qilinganining konstitutsiyaviy himoyasini ta’minlash zarur. Bu yutuqlar, huquq va erkinliklardan nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarimiz ham emin-erkin foydalanishi uchun, ularni, albatta, Konstitutsiyada muhrlab qo‘yish talab etilmoqda.

Bugungi suhbatdoshimiz-Buxoro davlat universiteti, “Yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi dotsenti Teshayev Nutfullo Nasrullayevich.

Aytingchi?  Referendum nima?  Ushbu jarayonning mohiyati nimada? 

“Referendum” davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va ba’zan qonunlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumxalq so‘rovi, ovoz berish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlashdir.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir.

Konstitutsiyaning yangi matnini olim-u mutaxassislar tomonidan faqat kabinetlarda o‘tirib yaratilmadi. Balki, dastavval ikki bosqichda xalqimizning fikri, takliflari o‘rganildi, shundan so‘nggina Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi. Avvallari esa Konstitutsiya qabul qilishda dastlab loyiha ishlab chiqilib, keyin xalq muhokamasiga qo‘yilardi.

O‘zbekiston Respublikasida “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonun dastlab 1991 yil 18 noyabr kuni qabul qilingan bo‘lib, mazkur Qonun yillar davomida xalqaro tajribani, qolaversa, O‘zbekiston Respublikasida orttirilgan amaliy tajribalarni inobatga olgan holda 2001 yil 30 avgust kuni yangi tahrirda qabul qilingan. Referendum to‘g‘ridan-to‘g‘ri, tinchlik va erkin ovoz berish prinsiplariga amal qiladi va 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaro referendumda ovoz berish huquqiga ega.

Referendumda kimlar ishtirok etadi va ovoz berish tartiblari haqida sizning fikrlaringiz qanday? 

Referendumda barcha 18 yoshga to‘lgan fuqarolar ovoz berish huquqiga ega bo‘lib, referendumda fuqarolar tomonidan yashirin ovoz berish xonasida anketa to‘ldiraladi va bu vaqtda ovoz beruvchining yonida hech kim bo‘lmasligi shart.                        Referendumni mustaqil ravishda to‘ldirish shakliga ega bo‘lmagan fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra,referendum o‘tkazuvchi komissiya tarkibiga kirgan shaxslardan,kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.

Yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquqlari,ularning manfaatlari uchun qanday o‘zgarishlar mavjud? 

Yangilanayotgan Konstitutsiyada moddalar soni 128 tadan 155 taga, xuquqiy normalar soni 275 tadan 434 taga ko‘paygani va ko‘p uchraydigan 20 turdagi kasalliklar bo‘yicha birlamchi bo‘g‘indagi bepul analiz turlari – 15 tadan 25 tagacha, tekshiruvlar – 10 tadan 20 tagacha, dorilar – 64 tadan 90 taga oshirilganligi har bir fuqaroni quvontiradi. Loyihada asosiy qonunlarimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi. Bugungi kunda mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bu borada konstitutsiyaviy-huquqiy, qonunchilik, institutsional va amaliy kafolatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tub yangilanish islohotlari izchil davoAhamiyatlisi shundaki, yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasida O‘zbekiston – huquqiy davlat, deb belgilanmoqda. Jumladan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi, deya e’lon qilinmoqda. Binobarin, inson huquqlariga oid konstitutsiyaviy normalar soni 3 baravardan ortiqqa oshib boryapti. Yana bir narsani ta’ kidlashim joizki, Konstitutsiyada davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirilyapti. Bu qoidalar mamlakatimizdagi 685 ming nafardan ortiq o‘qituvchilarning professional o‘sishi hamda ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlanishi ularning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi, obro‘sini yanada oshirishga xizmat qilishi meni men kabi o‘qituvchilarni suyuntirdi deydi suhbatdoshimiz.

Biz yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan referendumga, yangilanayotgan Konstitutsiyamizga befarq emasmiz

Dilnavoz TO‘XTAYEVA,

                                                                   suhbatlashdi

“Пешонамдаги нур”

Тақриз

Пешонамдаги нур китоби менинг илк ўқиган бадиий асарим эди. У китоб менинг китоблар оламига муҳаббат қўйишимнинг асосий сабабчиси бўлди. Бу китоб ўзбек халқига янгилик бўлиб келди, десам муболаға бўлмайди. Сабаби бу китоб висоласи ила нечта одам муборак Ислом динини яхшироқ англади ва, ўйлайманки, ҳар бир китобдор ўзини Салжуқбейга таққослаб кўрган ва ибрат олабилган. Бу китоб Туркияда ҳам кўп марта босилган ва Меҳмет Олақошнинг энг ажойиб асари ўлароқ китобдорларнинг кўнглидан муносиб жой олишга улгурган.

Мен Меҳмет Олақошнинг “Жумали”, “Девона” китобларини мутолаа қилдим. Улар ҳам жуда ажойиб, кишини чуқур ўйлашга мажбурлайдиган китоблардир. Меҳмет Олақошнинг сўз соҳасидаги маҳоратига қойил қолмасликнинг ҳечам иложиси йўқ!

Китобнинг оқимига келсак, китоб Салжуқбейнинг пешонасида ўлдирувчи ўсимта борлигидан хабардор бўлиши билан бошланади. Унга шифокори “Ўлимингизга олти ой қолди. Умрингизнинг айшини суриб қолинг” деб тавсия беради. У машинага чиқиб, узоқ тафаккур қилади. Бу ҳақида кўп ўйлайди. Ахир болалари, суюкли рафиқасини қандай қилиб ташлаб кета олади. Ахир у бой ва кўплаб корхоналарнинг бошлиғи-ку! У шундай ўйлар билан бир неча кун юради ва тасодифан бир инсон билан танишиб қолади. У буюк Ислом динини яхши билгувчи ва насихатгўй эди. У аввал Салжуқбейга тоғут ҳақида дарс беради. Салжуқбей айни замонда яхши шогирд ва тингловчи эди. У намозни қоим қилади ва бошқа фарз-суннатларни ҳам бажо келтира бошлайди.

“Белгиланган”ўлим санаси келди, лекин у, негадир, ўлмайди. Бориб шифокор кўригидан яна ўтади. Билсаки, ўсимта мўъжизавий ҳолатда йўқ бўлибди.

Салжуқбей дейди: “Бу мен учун қўрқинчли қотил эмас, пешонамдаги нур эди. Унинг соясида улуғ ислом динига тўлиқ мусулмон ўлароқ қайтдим”.

Бу китобнинг кўп жойларини йиғлаб ўқиганман. Жуда таъсирли китоб ва тили ҳам унча қийин эмас. Ёш-у қарига бирдек тавсия қилган бўлардим.

Закияхон Абдурауф

Маърифатпарвар ҳукмдор 

Ma’rifatparvar hukmdor Muhammad Tarag’ay ibn Shohruh ibn Amir Temur – Mirzo Ulug’bek jahon sivilizatsiyasi va taraqqiyotiga bebaho hissa qo’shgan davlat va fan arbobi edi. Uning rivojlanishi shartli ravishta ikkiga bushish mumkin: birinchisi-davlat boshligi sifatida, ilmiy faoliyat sifatida. Uning har ikki faoliati ham kelgusi avlodlarga ibrat b o’lib kelgan.

In 1394 yilda Sultoniya shahrida, bobosi Amir Temurning harbiy yurishlar payida tavallud topgan.

Tarixga kura, mirzo Ulug’bekning tug’ilishi ham hosiyatli bulgan. Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarid yozilishich, Amir Temur khuzuriga chopar kelib, Ulug‘bekning tug‘ilgani va munazzhimlar bu newara kelajakda ham olim, ham hukmdor blushini bashorat tutishni hushxabarini etkazgan. Sohibqiron hursandligdan Mordin kalaasi kamalini tukhtatib, uning khalqiga yuklangan tulovni bekor kilgan.

Turt yoshidan tarbiyasi, Muhammad Taragay bilan Amir Temurning oqila rafiqasi Saroymulxonim – Bibihonim shugullanadi.

Bolaligidan o’tkir zehniati, kuchli hotirasi, teran akli bilan saroidagi boshka bolalardan azhralib turgan Muhammad Taragaiga Ulug’bek, deb nom beradilar. Bu uning kelajagiga ishora edi.

Ulug’bek yoshligidanoq Mavlono Ahmad va Qo’zizoda Rumiy tasirida ulgaidi. bu uchun Ulug’bek yigirma yoshidayok olim sifatida taniladi. Olim ilmga bulgan alohid ehtiromi tufaili yangi usuldagi bilim maskanlari – maktab va madrasalar barpo kilgan.

Amir Temur vafotidan so’ng uning vorislari o’rtasida kurashlar ohirida saltanat markaziy qismlari saklab ko’rishga erishgan Shohruh Mirzo o’gli Ulubekni Movorounnahr va Turkistonga hukmdor qilib tayinlagan.

Ulug’ uzining qirq yillik hukmronligi davrida, milliy, davlat arbobi sifatida, beams marifat, ilm-fan arbobi va homiisi sifatida hham chuquur from koldirgan.

Ulug’bek uz vaqtida Samarqandda Registon hamda Guri Amir ansambl barpo etgan. Boshka tadqiqotchi olimlar katorida Ulug’bekning o’zi ham bu madrasalarning har birida xaftada bir maruza hqigan. Abu Tohir hozhaning “Samaria” whalebida axborot ma’lumotlarga kura, 1424-1 28 yil Ulug’bek tomonidan Samarqandda rasadhona- Bunyod etilgan rasadxonasi. Samarqanddagi Mirzo Ulug’bek kurdirgan rasadxonada katta er shari, globus bulgan. Unda iqlimlarning chegaralari, toglar, chollar, dengizlar va daryolar ku joylari. Binobarin, dunodagi globes Samarqand astronomlari yasashgan. Ulug’bekning o’limidan keyin u mutaassiblar tomonidan berilgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Ulug’bek Samarqandda soat 50 metr kuyoshi yasagan. Uch texnik soat ham saklanib kolmagan. Shaklid bulganning Rasadhona tsilindr. uning maydoni30.4 metr bo’lib, 3 qavatdan iborat edi. Diametri 46,40 metr bo’lgan ballon tashkil qilingan. Inshot Temurijlar davri me’morchiligi uslublariga kwra kad rostlagan. Uni qurishda alohid etiboradkhonaning seysmic mustakam bulishiga karatilgan.

1417 yilda Mirzo Ulug’bek falakiyatshunoslarni chorlab, astronomer zhadval jamoa va rasadkhona qurish haqidagi rezhalarni mukhokama qiladi. Kuzatuvlar shu yili boshlanib, 30 yildan song, yani 1447 yilda tugaidi. Barcha planetarning kuyosh atrophida ai chiqishi. Bu davrga kelib, “Zizhi” asari ham yozib tugatiladi. Rasadhonada bazi kuzatuvlarni oddiy kuz bilan, ham yangisiz o’tkazish imkoni bulgan. Mirzo Ulug’ astronomy maktabi hayotining yuki natizhasi b’lgan buyuk meros – “Zizhi zhadidi Kwragoniy” dan keyingi yuz yillar davomida faqat Sharq emas, beams g’arb mamlakatlari ko’plab yirik rasadhonalarining olimlakthnida dasturul-amal.

Ulug’bek vaqtida kupgina asarlar arab va force tilidan eski uzbek tiliga tarjima qilingan. U tashkil etgan boy kutubhonada o’n besh mingdan ortik kitob bulgan.

1449 yilda Ulug’bek fozheaviy ravishlari uldirilgach, uning bebaho ilmiy merosi shogirdlari, khususan, Ali Kushchi tomonidan berilgan saklab kolinadi va dunyoga yoyiladi.

Ulugbekning boy ilmiy merosi butun insoniyat zehniyatini boyitdi. 1994 yil olim tavalluning 600 yillik anniversaries of khalqaro mikosda nishonlangan, shu sabab, khorizh olimlari, mutahassislari va zhamoat arboblari ishtirokida bir qator ishlab chiqish amalga oshirildi. 2009 yil Parishda Mirzo Ulug’bek tavalluning 615 yilliga bag’ishlangan khalqaro ilmiy anzhuman o’rnatish. Anjumanda 130 dan ziyod olimlar va turli xalqqa tashkilot xodimlari ishtirok etgan. O’tkazish kelinayotganidan butun duneda Mirzo Ulug’bekning ilmiy va ma’naviy merosiga bulgan naqadar ulkanliga yakkol kurinib turibdi.

Kogon tumanidagi 12-umumiy o’rta talim maktabining tarixi fani o’quvchisi Nigora Rahmonova tayorladi.

Икки шохли ёки кун чиқиш ва кун ботиш ҳукмдори

“Садди Искандарий” достони дунёдаги буюк сиймолардан бири, уч соҳибқироннинг энг машҳури жаҳонгир Искандарга бағишланган бўлиб, “Хамса”нинг якунловчи достонидир.

Искандар Зулқарнайн шарқда икки шохли ёки кун чиқиш ва кун ботиш ҳукмдори номи билан машҳур бўлган.

Искандар мавзуси дастлаб, Фирдавсийнинг “Шоҳнома” достони орқали ҳам қаламга олинганидан хабарингиз бор.

Навоий талқинидаги Искандар одил шоҳ, у дунёни куфрдан, жаҳолатдан тозалаб, бутун дунёда адолатни жорий этиш, башарий тартибқоидаларни катта оламдаги тартибқоидаларга мувофиклаштириш мақсадида халқлар устига юришлар қилган.

Достонда Искандарнинг жаҳонгирлиги таърифи эмас, балки унинг инсонпарварлиги, одиллигини тараннум қилинган. Унда одамхўр маҳлуқлардан сақланиш учун улкан бир девор қурдиргани айтилади. Бу девор Қарвон ўлкасида, Қоф тоғининг этагида жойлашган. Деворнинг қай даражада аниқ ва тўғрилиги ҳақида бир нарса дейиш қийин. Лекин унинг катта рамзий маъноси бор. У эзгулик ва ёвузлик ўртасидаги девор. Бу деворни барча халқлар биргалашиб қуришган. Навоий шу тариқа Искандар деворини тавсифлаган.

Искандар Навоий орзу қилган адолатли ва маърифатпарвор идеал подшонинг хаёлдаги романтик тимсолидир. Бунга қадар Искандар тимсоли узоқ асрлар давомида мураккаб такомил босқичини кечиб ўтиб, Хамсачиликнинг анъанавий тимсолига айланди. Навоий Искандари ана шу адабий анъаналар тараққиётида янги ва улкан ҳодиса бўлди. Навоийнинг “Садди Искандарий” достонида Искандарнинг туғилиши, ёшлик йиллари, таълим-тарбияси, Файлақуснинг вафоти ва Искандарнинг тахтга чиқишда Дора билан тўқташуви, Эронни эгаллаб олиб, у ерда адолат ўрнатиши, Кашмирга юриш қилиб, золим Маллуни енгиши, Ҳинд шоҳи ва Чин хоқони билан дўстона битишуви, Мағрибда ваҳшийларга қарши жонги, Кирвон ўлкасида, яъжун ва маъжунларнинг йўлини тўсиш учун сад-девор барно этиши ҳамда денгиз саёҳати Искандар саргузашталарининг асосини ташкил қилади.

Алишер Навоий Искандар тимсолини тайёр ҳолда бермайди, уни воқеалар ривожи билан бирга поғонама-поғона ўстириб, такомиллаштириб боради. Ушбу достон тарбиявий жиҳатдан ғоят етук ва мукаммал бир дурдона асардир.

 

Парвина Обидова,

Когон туман 18-умумтаълим мактаб ўқувчиси.

Бу тарихий воқеа бир умр ёдимда қолади…

Ҳар бир мамлакатда демократик жараёнлар даражаси аввало референдумлар,сайловлар қанчалик очиқ, ошкора, адолатли ўтиши ва албатта, фуқаролар фаоллиги билан белгиланади. Бу тамойиллар эса сайовчиларнинг ҳуқуқий ва сиёсий билими, маданиятига боғлиқ. Batafsil Бу тарихий воқеа бир умр ёдимда қолади…

Сергаклантирувчи белгиларга сергак бўлайлик!

Ижтимоий ҳаётда доимий ҳаракатда бўлиб, турли манзилларга иш ёки ўқишга ошиққан, ёки бўлмасам, шунчаки тоза ҳаводан баҳраманд бўлиш учун сайрга чиққан одамларни четдан туриб кузатганмисиз? Batafsil Сергаклантирувчи белгиларга сергак бўлайлик!

Бухоро шаҳар судида «Қорақалпоқ воқеалари» иши кўрилди

Жорий йилнинг 31 январь куни жиноят ишлари бўйича Бухоро шаҳар судида «Қорақалпоқ воқеалари»га алоқадор шахсларга нисбатан суд ҳукми инсонпарварлик тамойили асосида чиқарилди. Жумладан, давлат Раҳбарининг ташаббуси ва кўрсатмаларига асосан Ўзбекистонда кейинги йилларда суд-ҳуқуқ тизимида амалга оширилаётган туб ислоҳотлар ўзининг самарасини бермоқда.

Batafsil Бухоро шаҳар судида «Қорақалпоқ воқеалари» иши кўрилди

Нукус воқеалари бўйича судланган шахсларга ўқилган ҳукмлар (тўлиқ рўйхат)

Бугун, 2023 йил 31 январь куни, Бухоро вилоят суди биносида 2022 йил 1-2 июль кунлари Нукус шаҳридаги оммавий тартибсизликларни содир этганликда айбланаётган 22 нафар судланувчига оид жиноят ишини кўриб чиқиш бўйича суд жараёни тугаб, суд ҳукми эълон қилинди. Batafsil Нукус воқеалари бўйича судланган шахсларга ўқилган ҳукмлар (тўлиқ рўйхат)