”Dangasa ona”ning katta kitobi”

#Men_tugatgan_kitob

“… Men dangasa onaman: bolalarim o’ynagan o’yinchog’ini yig’ishtirmayman, o’zi yig’ishtirguncha kutaman. Farzandlarimga uy vazifasini bajartirmayman, hammasi o’zi bajaradi. Kitob-daftarlarini o’zi tartibga soladi, maktabga kerakli narsasini o’zi tayyorlaydi. Haftada faqat bir kun yakshanba dam olganim uchun xohlaganimcha uxlayman, o’g’illarim buni biladi, meni bezovta qilmay, o’ziga o’zi nonushta tayyorlaydi. Qoqilib yiqilib tushsa turg’izmayman, o’zi turib, kiyimini tozalash o’zining zimmasida va hokazolar.

O’zimning bunday ona ekanligimdan ba’zida vijdonim qiynalar edi. Yomon ona bo’lsam kerak deb o’ylardim. Bugungi o’qigan kitobimdan keyin kayfiyatim ancha ko’tarildi, to’g’ri yo’lda ekanman))

Вiz bolamiz uchun deb jon kuydiradigan juda ko’p narsa aslida o’zimiz uchun. Bola kiyimini yoki xonani iflos qilmasin deb o’zimiz ovqatlantirib qo’yamiz, toza yig’ishtirmaydi va sekin qimirlaydi deb, o’zimiz uning narsalarini yig’ib yuramiz. Bolamizga mehribonlik qilayotganday bo’lamiz-u, lekin o’zimizni o’ylayapmiz…”

Bu kitobni o’qib tarbiya uchun kerakli anchagina yaxshi fikrlar oldim. To’g’rirog’i, o’zimni ovutdim xato qilmayapman ekan deb))

Uyqum kelib, kitob haqida ko’p yoza olmadim. Tarjima juda zo’r bo’lmasa ham, onalar uchun kerakli kitob ekan. Tavsiya qilaman!

Sadoqat Xolmonova