Zullisonayn shoir, pedagog, oʻlkashunos olim Yursunbek Arslonbekov tavalludining 105 yilligi munosabati bilan “Xotira kechasi” tashkil etildi. Ushbu tadbirda shoirning oila aʼzolari qoʻlida saqlanayotgan u kishining qoʻlyozmalari asosida nashrga tayyorlangan “Logʻoniy nazmi” nomi kitob taqdimoti ham boʻlib oʻtdi. Mazkur kitob Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi Maxamadov Abduhoshim Moʻminjon oʻgʻli tomonidan nashrga tayyorlangan. Tadbir ishtirokchilari yigʻilgan mehmonlarga asar va uning ahamiyati, kitobni nashrga tayyorlash jarayoni xususida atroflicha maʼlumot berib oʻtishdi.
