UCHINCHI RENESSANS– O‘QITUVCHI MA’NAVIY EHTIYOJLARINI YUKSALTIRISH

Jamiyat rivojlanishining asosiy xususiyatlaridan biri – o‘qituvchilar ma’naviy hayotini ijobiy jihatlar bilan boyitmasdan, dunyoqarashini o‘zgartirmasdan va ularning ma’naviy ehtiyojlarini qondirmasdan yangi g‘oya va qarashlarni, yanada yuksakroq ehtiyojlarni hosil qilib singdirib bo‘lmasligidir. Ehtiyojlari o‘smaydigan, g‘oyalari yangilanmaydigan jamiyatda rivojlanish va yuksalish bo‘lmaydi. Demak, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishning muhim omillaridan biri – o‘qituvchi ma’naviy ehtiyojlarini yuksaltirish, qondirish va yangi ehtiyojlar vujudga kelishiga shart-sharoitlar yaratishdir.

Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish g‘oyasi o‘qituvchi ehtiyojlari, turmushi farovonligi, erkinligi ortishi va ma’naviy kamoloti bilan bevosita bog‘lansagina, hayotiylik va reallik kasb etishi, aks holda u havoyi orzu havasligicha qolib ketishi bayon qilingan. Uchinchi bobning ikkinchi paragrafi “O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimini Uchinchi Renessans poydevorini yaratishning obyektiv zaruratiga moslashtirish muammolari” tahlili yoritilgan. So‘ngi yillarda o‘zbek ta’lim-tarbiya tizimini yangi sifat darajasiga chiqarish, o‘quvchi-yoshlarga horij tajribasi asosida zamonaviy bilimlarni berish va hosil bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ta’limda uzviylik ta’minlanmoqda, samaradorlik oshirilmoqda. Zamon talablari asosida milliy ta’lim-tarbiya tizimi modernizatsiya qilinmoqda. Yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘qituvchilar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari obro‘yini ko‘tarish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu sababdan davlat rahbari Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 15-may kuni maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bilimsevarlikka poydevor qo‘yishda maktabgacha ta’lim juda muhim. Bugungi kunda yurtimizda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bog‘chalar faoliyat yuritmoqda. Olti yoshli bolalarning 96 foizi maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olingan. Keyingi yili bu raqam 100 foizga chiqadi.

Endi ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabga tayyorlov guruhlari va boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturlari o‘zaro uyg‘unlashadi. Buning uchun bog‘cha bolalarini matematika, tabiiy fanlar va texnologiya yo‘nalishlarida tanqidiy va kreativ fikrlashga o‘rgatadigan dasturlar ishlab chiqiladi.

Shuningdek, bog‘cha tarbiyachilarining malakasi, mahorati va psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi.

Yig‘ilishda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish chora-tadbirlari ham belgilandi.Shu maqsadda “Barkamol avlod” maktablari, “Yoshlik” sport jamiyati va O‘quvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashtiriladi. Ular ta’mirlanib, zamonaviy yo‘nalishlarga mos jihozlanadi, xorijiy tillar, sun’iy intellekt, dasturlash va animatsiya kabi yangi to‘garaklar ochiladi.

Ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat sohalarida qilinayotgan barcha ishlar o‘qituvchining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish va yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Ta’lim tizimi yaxlit bo‘lishi uchun uning barcha bo‘g‘inlari orasida mutanosiblik va uzviy bog‘liqlikka erishishga harakat qilinmoqda. Ma’naviy qadriyat, o‘z navbatida, yanada yuqori ma’naviy ehtiyojning qaror topishiga asos bo‘ladi. Kitob o‘qishni rag‘batlantirish, yoshlar o‘rtasida turli konkurs-tanlovlar, intellektual musobaqalar o‘tkazish, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy va umumo‘qituvchiiy meros haqida yosh avlodni, xalqimizni yetarlicha xabardor etish orqali sog‘lom ma’naviy ehtiyojlarning o‘sishiga barakali ta’sir etish mumkin.

Firuz Nurullayev,

Buxoro davlat pedagogika instituti Talabalarni turar joy bilan taminlash ishlarini muvofiqlashtirish bo’limi boshligʻi,  Pedagogik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi