DXX Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i kubogi-2025

#para_shaxmat

Nodir Devonbegi majmuasida para shaxmat bo‘yicha jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan 10-30 yoshdagi yoshlar o‘rtasida “DXX Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i kubogi-2025” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov va boshqalar so‘zga chiqib, bu kabi musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanini ta’kidlashdi va yoshlarga omad tilashdi.

Musobqada 250 nafar ishtirokchi o‘zaro bellashdi. Musobaqa shaxsiy birinchilikda shveysarcha tizimda 7 turda o‘tkazildi. Ishtirokchilarning har biriga 10 daqiqadan vaqt berildi. Har bir yurishga 2 soniya qo‘shib borildi. Ko‘zi ojiz o‘yinchilar uchun vaqt nazorati 13+2 etib belgilandi. Ishtirokchilarninng har bir g‘alaba qozongan partiyasi uchun 1 ball, durang uchun 0,5 ball, yengilgan partiyasi uchun 0 baldan hisoblandi.

Musobaqaning g‘oliblari turlarda to‘plagan ballarning ko‘pligi bo‘yicha aniqlandi.

Yakuniy natijdalarga ko‘ra,

🥇-o‘rinni Jasurbek Obloqulov (Buxoro shahri);

🥈-o‘rinni Hojiakbar Saidmurodov (Buxoro shahri);

🥉-o‘rinni Dilshodbek Dilmurodov (Shofirkon tumani) egalladi.

🏆Gʻoliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.