Armiya faqatgina harbiy bloklar yoki urush maydonlarida faoliyat yuritadigan tuzilma emas. U eng avvalo, Vatan sarhadlarini qo‘riqlaydigan, yurt tinchligi va osoyishtaligini asraydigan muqaddas qo‘rg‘ondir. Tinch hayot, musaffo osmon va xotirjam kunlar ana shu mard o‘g‘lonlarning fidokorona xizmati samarasidir.
1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarori bilan 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” etib belgilandi. Yangi O‘zbekiston armiyasi bugun nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro maydonda ham munosib obro‘-e’tibor qozonmoqda. Jumladan, 2024-yilda xalqaro harbiy o‘yinlarda ikkinchi o‘rinni egallab, 7 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgani buning yorqin dalilidir.
Yangi O‘zbekiston armiyasining izchil islohotlari, yangilanishi va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari mamlakatimiz Prezidenti, Shavkat Mirziyoyevning doimiy e’tiborida. So‘nggi yillarda harbiylar farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyoz asosida kirish imkoniyatlari yaratilayotgani, harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga qo‘shimcha ballar berilayotgani, shartnoma asosida xizmat qilgan talabalarga Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lovning bir qismi qoplab berilayotgani Yangi O‘zbekistonga xos ilg‘or amaliyot sifatida e’tirof etilmoqda.
Buxoro davlat universiteti talabalari ham “Ochiq eshiklar kuni” doirasida harbiy qism va bo‘linmalarga muntazam sayohatlar uyushtirib kelmoqda.Shu o‘rinda, men ham har bir talabani vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni sog‘lom, axloqan yetuk, ilmga chanqoq va raqobatbardosh kadr etib voyaga yetkazish mening burchim deb bilaman.
Maxmud Hasanov,
BuxDu tyutori