Joriy yilda mamlakatimizda Respublika yoshlar komissiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati nazorati ostida 9,3 mln nafar yosh bo‘yicha “yoshlar balansi” shakllantirilib, ularning individual muammolarini hal etish, qiziqish va iqtidorini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha aniq va manzilli ishlar tashkil etildi.
I. Yoshlar bandligini ta’minlash
Ishsiz va biznesini boshlash istagida bo‘lgan 384,4 ming nafar yoshniqo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yoshlar bandligi dasturi” qabul qilinib, 354,1 ming nafar (92 foiz)yoshning bandligi ta’minlandi.
Xususan:
- 115,8 ming nafar ishsiz yoshga biriktirilgan davlat idoralarining 4 588 nafar rahbari tomonidan 114,9 ming nafar yoshning bandligi ta’minlandi;
- Aloqabank tomonidan “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 9 081 ta loyihaga 1 trln 151,5 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratilib, 12 071 nafar ishsiz yoshning bandligi ta’minlandi;
- Milliy bank tomonidan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida 4 489 nafar talabaning 199,3 mlrd so‘mlikbiznes loyihalari moliyalashtirilib, 45,9 ming nafar bitiruvchining bandligi ta’minlandi;
- Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasitomonidan 911 ta loyihaga 98,2 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratilib, 3 016 nafar ishsiz yosh bandligi ta’minlandi;
- Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlaridoirasida 76,4 ming nafaryoshga 1 trln 414 mlrd so‘mimtiyozli kredit ajratildi;
- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 18,2 ming nafar yoshga subsidiya ajratilib, ularning o‘zini o‘zi band qilishi qo‘llab-quvvatlandi;
- Dehqonchilik uchun 1,3 ming gektar ekin maydonlari ajratilishi natijasida 2,5 ming nafar yoshning bandligi ta’minlandi.
II. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Tarbiyasi og‘ir 51 455 nafar yosh 6 ta huquq-tartibot va mudofaa organlarining 4 155 nafar mas’ul xodimiga otaliqqa biriktirildi. Olib borilgan uchrashuvlar natijasida 48 747 nafar yosh sog‘lomlashtirilib, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashildi.
Xususan:
- Xulqi ijobiy tomonga o‘zgargan 22 931 nafar yosh mas’ullar kafilligi asosida muddatidan oldin probatsiya va profilaktika hisobidan chiqarildi;
- Mahalla raislari ishtirokida dars qoldirayotgan 4 504 nafaro‘quvchi ta’limga qaytarilib, ajrim yoqasidagi 2 370 nafaryosh oilaning hayoti tiklandi;
- Profilaktika inspektorlari bilan 1 754 nafar yosh giyohvandlik va “yot g‘oyalar” ta’siridan qaytarilib, vatanparvarlik tadbirlari orqali 709 nafariharbiy xizmatga yo‘naltirildi;
- Hokim yordamchilari tomonidan 4 739 nafaryoshning bandligi ta’minlanib, 815 nafari tartibli mehnat migratsiyasiga yuborildi.
“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilib, ularga jalb etilgan 284 ming nafar mahalla yoshlarida vatanparvarlik tuyg‘ulari mustahkamlandi.
Mahallalarda harbiy-vatanparvarlik tadbirlari hamda harbiy qismlarda “Jasorat” harbiy yig‘inlari o‘tkazilishi natijasida 14 388 nafaryosh harbiy xizmatga saralab olindi.
Jazoni ijro etish muassasalaridagi 9 240 nafar yosh mahkum bilan uchrashuv va muloqotlar o‘tkazilib, ularning 5 147 nafari kasb-hunarga, 1 648 nafari xorijiy tillarni o‘rganishga, 8 496 nafari foydali mehnatga jalb etildi.
Natijada so‘nggi 10 oyda yoshlar jinoyatchiligi 18 foizga (11 305 tadan 9 274 taga) kamayib, 4 714 ta mahalla “yoshlar jinoyatchiligidan holi mahalla”ga aylandi (2024 yilda – 3 643 ta).
III. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish
Amalga oshirilgan tanlov, musobaqa va loyihalar orqali 20,4 mln nafar yosh qamrab olindi.
Xususan:
- 1–25-may kunlari oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan “TalabaFest–2025” festivalida 800 mingdan ortiq talaba ishtirok etdi;
- “Besh tashabbus olimpiadasi”doirasida o‘tkazilgan tanlov va musobaqalar 10,9 mln nafaryoshni qamrab oldi (tanlovlar davom etmoqda);
- “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida loyihalar, tanlovlar, musobaqalar va sayohat dasturlari tashkil etilib, 6,7 mln nafar yosh jalb qilindi.
Xorijiy tillar, zamonaviy kasblar va kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar:
- “Ibrat farzandlari” – 2,9 mln nafar,
- “Qizlar akademiyasi” – 620 ming nafar,
- “Ustoz AI” – 831 ming nafar,
- “Mutolaa” – 3,5 mln nafar yoshni qamrab oldi.
Xalqaro imtihon topshirish xarajatlarini qoplash bo‘yicha 2025-yilda 17,3 ming nafar yoshga 38,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Dastur boshlanganidan buyon jami 56,4 ming nafar yoshga 111 mlrd so‘mmablag‘ yo‘naltirildi.
Xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rganishni ommalashtirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 12–13-dekabr kunlari Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da 700 ga yaqin o‘quv markazi, agentlikning hududiy bo‘linma rahbarlari hamda 2 ming nafar yosh ishtirokida ikkinchi marotaba “O‘zbekiston o‘quv markazlari forumi” o‘tkazildi.
Forum doirasida taqdimotlar, seminarlar va ochiq muloqotlar tashkil etilib, o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi imkoniyatlar e’lon qilindi.