Tasdiqlangan re’ja asosida Buxoro shahri hududida viloyat Prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish maqsadida “O‘smir” maxsus tezkor hamda keng qamrovli profilaktik tadbirlar Buxoro shahridagi Hamid Olimjon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkillashtirildi. Ushbu tadbirda Buxoro shahar IIO FMB boshlig’ining o’rinbosari S.B.Qurbonov, Buxoro shahar IIO FMB 1-son IIB boshlig’i SH.M Saidov, Buxoro shahar IIO FMB JQB bo’lim boshlig’i Q.S Karomatov va mahalla 5 ligi bilan birgalikda tungi klublar, kompyuter xonlari va talabalar turar joyi ko’zdan kechirildi. Jarayon davomida 1 ta kafe barda 8 ta nazoratsiz yurgan voyaga yetmagan yoshlar aniqlab, tushuntirish ishlari olib borildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlar o’rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishdan iborat.