“Yaxshi investitsiya –bu ta’limga ajratilgan investitsiya “

 So’ngi yillarda Yangi O’zbekistonimiz yoshlariga munosabat butunlay o’zgardi. Yoshlarga oid davlat siyosati asosida yosh avlodning hayotiy manfaatlarini ta’minlash, ularning ezgu, orzu –intilishlari, qobiliyat va iste’dodini ro’yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar izchil va samarali amalga oshirilmoqda. Yoshlarni qo’llab quvvatlash ularni kasb-hunar o’rganishiga ko’maklashish, muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko’lamli amaliy ishlar olib borilmoqda…

Yoshlardan kelgan har qanday murojaat, muammolar va takliflarning ijobiy yechimlarini topib mahallada tinchlik va totuvlik saqlab kelinmoqda. Shaxsiy tashabbusim bilan Po’latov Firdavsni “Buxoro IT park ” o’quv markaziga komputer savodxonligi va ingliz tili yo’nalishida o’quv kursi harajatlari qoplashda ko’maklashdim hamda u bugungi kunda “BUXORO IT PARK” o’quv markazining maxsus sertifikatini qo’lga kiritdi. Mahalladagi faoliyatim davomida “Yoshlar daftari” jamg’armasi hisobidan 95 nafar yoshlarga yordam ko’rsatilib, mahalladagi ishsiz hamda mehnat bozoriga kirib kelgan 65 nafar yoshlarning rasmiy bandligini taminlashga ko’maklashildi. Viloyat hokimiga qilgan murojaatim orqali mahallamda “Street Work out “ maydonchasi qurilib foydalanishga topshirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj lo’li millatiga mansub oila farzandlarining 56 nafariga homiylik hisobidan maktab forma va o’quv qurollar olib berilib ta’lim sohasiga jalb qilingan bo’lsa, mahallada 2023-yil hisobi bo’yicha yoshlar jinoyati qayd etilmadi. Xususan iqtidorli va iste’dodli mahalla yoshlarining 100 nafari O’zbekistonning diqqatga sazovor shaharlariga sayohatga olib borildi.

Xitoyliklarda “Insonning qo’liga bir dona baliq ber-u bir kun to’q bo’ladi,unga baliq tutishni o’rgat u butun umri davomida to’q yuradi!”-degan gap bor shunday ekan biz yosh avlodni har tomonlama qo’llab quvatlashimiz ularni ertangi kuniga bo’lgan ishonchlarini oshirishimiz kerak. Mamlakatimiz rahbarining besh muhim tashabbusni izchil amalga oshirish, isteʼdodli yoshlarning qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy yetuk bo‘lib ulg‘ayishi, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish kabi vazifalaridan kelib chiqib bir qancha tanlovlar o’tkazildi . “Besh muhim tashabbus” yo’nalishlari doirasida futbol, basketbol, volleybol, kamondan o’q otish, shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha musobaqalar, heshteglar, fleshmoblar va turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi.

Shuningdek, Ushbu madaniy-maʼrifiy tadbir davomida mahallam yoshlari o‘zida yuksak insoniylik fazilatlarini shakllantirish barobarida individual qobiliyatlarini, iqtidorini ham kashf etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar…

Behruzjon Davlatov

Yoshlar ishlari agentligi Kogon shahar bo‘limi

“Furqat” mahallasi yoshlar yetakchisi