O’ZBEKISTON-IJTIMOIY DAVLAT

So‘nggi yillarda erishgan yutuqlarimizni, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sudlov, so‘z va e’tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit masalalaridagi muammolar hal qilinganining konstitutsiyaviy himoyasini ta’minlash zarur. Bu yutuqlar, huquq va erkinliklardan nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarimiz ham emin-erkin foydalanishi uchun, ularni, albatta, Konstitutsiyada muhrlab qo‘yish talab etilmoqda.

Bugungi suhbatdoshimiz-Buxoro davlat universiteti, “Yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi dotsenti Teshayev Nutfullo Nasrullayevich.

Aytingchi?  Referendum nima?  Ushbu jarayonning mohiyati nimada? 

“Referendum” davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va ba’zan qonunlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumxalq so‘rovi, ovoz berish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlashdir.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir.

Konstitutsiyaning yangi matnini olim-u mutaxassislar tomonidan faqat kabinetlarda o‘tirib yaratilmadi. Balki, dastavval ikki bosqichda xalqimizning fikri, takliflari o‘rganildi, shundan so‘nggina Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi. Avvallari esa Konstitutsiya qabul qilishda dastlab loyiha ishlab chiqilib, keyin xalq muhokamasiga qo‘yilardi.

O‘zbekiston Respublikasida “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonun dastlab 1991 yil 18 noyabr kuni qabul qilingan bo‘lib, mazkur Qonun yillar davomida xalqaro tajribani, qolaversa, O‘zbekiston Respublikasida orttirilgan amaliy tajribalarni inobatga olgan holda 2001 yil 30 avgust kuni yangi tahrirda qabul qilingan. Referendum to‘g‘ridan-to‘g‘ri, tinchlik va erkin ovoz berish prinsiplariga amal qiladi va 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaro referendumda ovoz berish huquqiga ega.

Referendumda kimlar ishtirok etadi va ovoz berish tartiblari haqida sizning fikrlaringiz qanday? 

Referendumda barcha 18 yoshga to‘lgan fuqarolar ovoz berish huquqiga ega bo‘lib, referendumda fuqarolar tomonidan yashirin ovoz berish xonasida anketa to‘ldiraladi va bu vaqtda ovoz beruvchining yonida hech kim bo‘lmasligi shart.                        Referendumni mustaqil ravishda to‘ldirish shakliga ega bo‘lmagan fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra,referendum o‘tkazuvchi komissiya tarkibiga kirgan shaxslardan,kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.

Yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquqlari,ularning manfaatlari uchun qanday o‘zgarishlar mavjud? 

Yangilanayotgan Konstitutsiyada moddalar soni 128 tadan 155 taga, xuquqiy normalar soni 275 tadan 434 taga ko‘paygani va ko‘p uchraydigan 20 turdagi kasalliklar bo‘yicha birlamchi bo‘g‘indagi bepul analiz turlari – 15 tadan 25 tagacha, tekshiruvlar – 10 tadan 20 tagacha, dorilar – 64 tadan 90 taga oshirilganligi har bir fuqaroni quvontiradi. Loyihada asosiy qonunlarimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi. Bugungi kunda mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bu borada konstitutsiyaviy-huquqiy, qonunchilik, institutsional va amaliy kafolatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tub yangilanish islohotlari izchil davoAhamiyatlisi shundaki, yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasida O‘zbekiston – huquqiy davlat, deb belgilanmoqda. Jumladan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi, deya e’lon qilinmoqda. Binobarin, inson huquqlariga oid konstitutsiyaviy normalar soni 3 baravardan ortiqqa oshib boryapti. Yana bir narsani ta’ kidlashim joizki, Konstitutsiyada davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirilyapti. Bu qoidalar mamlakatimizdagi 685 ming nafardan ortiq o‘qituvchilarning professional o‘sishi hamda ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlanishi ularning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi, obro‘sini yanada oshirishga xizmat qilishi meni men kabi o‘qituvchilarni suyuntirdi deydi suhbatdoshimiz.

Biz yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan referendumga, yangilanayotgan Konstitutsiyamizga befarq emasmiz

Dilnavoz TO‘XTAYEVA,

                                                                   suhbatlashdi