Bugungi kun qahramonlari: Zamon bilan baravar odimlayotganlar

Vaqt o‘tadi, sahifalar almashadi, tarix bitiladi. Har bir davrning o‘z qahramonlari — el dardi bilan yashagan, xalq baxti uchun yongan, o‘z yurti sharafini dunyoga tanitgan farzandlari bo‘ladi. O‘zbekiston ham bugun ana shunday fidoyi, o‘z ishining ustasi bo‘lgan, millat uchun qunt bilan xizmat qilayotgan yangi avlod qahramonlariga boy. Ular hayotning turli jabhalarida — sahnada, siyosatda, ilmda yoki oddiy xalq orasida bo‘lishi mumkin. Ammo ularni birlashtirib turadigan narsa — Vatanga muhabbat, xalq xizmatiga sadoqatdir. Shunday insonlarning bir nechtasini sizga tanishtirmoqchiman.

Batafsil Bugungi kun qahramonlari: Zamon bilan baravar odimlayotganlar

HAYOTIMNING UNITILMAS YILLARI 

4 yillik umrimni sarhisob qilar ekanman, hayotimning eng go‘zal — oltin davrlari poyoniga yetib borayotgani yuragimda g‘am aralash sog‘inch uyg‘otadi. Chunki barchamizni bir joyga jamlagan muqaddas maskan — universitet endi bizni turli yo‘nalishlarga, hayot yo‘llariga tarqatmoqda.

Hali ham esimda: birinchi kelgan kunimdagi hayajon, ko‘zlarimdagi ishonch, qalbimdagi orzular… Turli viloyatlardan kelgan, xilma-xil fe’l-atvor, turlicha dunyoqarashga ega yoshlar bir maqsad yo‘lida — ta’lim olish yo‘lida birlashgan edik. Hammamizning orzu-umidimiz bitta edi: yaxshi mutaxassis bo‘lish, ota-onamizning, qolaversa, Vatanimiz oldidagi burchimizni munosib ado etish.

Oliy ta’lim aynan shu yo‘lda bizga keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda, sababi har bir millatning kelajagi — uning yoshlari. Yosh avlodni bilimli, salohiyatli etib voyaga yetkazish esa, shubhasiz, ta’lim bilan chambarchas bog‘liq.

Bitiruvchi talaba sifatida ishonch bilan ayta olamanki, oliy ta’lim sizga bilim beradi. Ammo bu bilimdan qanday foydalanish — bu sizning qo‘lingizda. Universitetdan “bir sandiq bilim” bilan chiqmasligingiz mumkin, lekin hayotga oid tushunchalar, hayotda bilimning naqadar muhimligini tushunib yetasiz.

Ta’lim — bu sizning hayotingizni o‘zingiz xohlagan tomonga o‘zgartirishga qodir kuch. Yoshlik esa — aynan shu kuchdan maksimal darajada foydalanish vaqti.

Hayotda kim bo‘lishingizni faqat o‘zingiz tanlaysiz.

Gulshoda Muhammadova,

Buxoro davlat universiteti talabasi