Har bir avlod dastlabki ta’lim-tarbiyani maktabda egallaydi. Maktab bola tarbiyasining dastlabki bo’g’ini. Uning ilk tasavvurlar namoyondasi hisoblanadi. Bugun maktab darsliklarining dastrurlari izchillik asosida olib borilmoqda. Shuning uchun oʻquvchi maktabdagi darslarini oʻz vaqtida tayyorlashi, darslarga muntazam qatnashib borishi zarur. Agar u bir darsni qoldirsa, darsda boshqa oʻquvchilardan orqada qolishiga olib keladi. Maktab oʻquvchisining muntazam ravishda dars qoldirishiga sabab nima? Ba’zan oʻquvchilar ogʻrib qolsa, yoki boshqa qandaydir sabablarga koʻra ham darsga kelmaydi. Shu sabablardan eng muhimi maktab yoshidagi oʻquvchilarning noqonuniy mehnatga jalb etilayotganidir. Ko’p hollarda bolaning mehnat qilishi oʻqishdan chalg’ishiga olib keladi. Maktab yoshidagi bola biror korxonada yoki davlat ishida ishlashi mumkin emas. Bozorlarda aravakashlik qilishi, mashina yuvishi va shunga oʻxshagan turli xil mayda ishlarni bajarish ular uchun vaqtinchalik mo’may daromat olib keladi. Xoʻsh bolaning oʻqishga emas balki ishga borishiga majbur qilayotgan narsa ota onasimi yoki bolaning ota onasiga yordamlashishimi?
Yuqoridagi holat bo’yicha oʻqituvchi tomonidan shikoyat kelib tushgan.
Uning aytishicha Tohir ismli bolaning otasi har kuni mast holda uyga keladi. Turmush o’rtog’iga aroq uchun pul topib berishini aytib doʻq qiladi. Uni kaltaklaydi. U esa hech qayerda ishlamaydi. Bu holatni koʻrgan Tohir onasini zulmdan qutqarish uchun ishlashiga to’g’ri keladi. Endi u bozorda aravakashlik qilishni boshlaydi. Bozorga erta chiqib ketadi bozordan ertaroq qaytsa, maktabga borishi yoki darslariga bormasligi mumkin. Darsga kelsa ham qatnashmaydi. Darsda faqat uxlab qoladi.
Bu tabiiy holat yosh bola uchun. Ham oʻqish ham ish ogʻirlik qiladi.
Oʻqituvchi murojatini davom ettirib bu holatni oʻrganishlarini Tohirning otasini mahalladagi keksalar, ma’sullar bilan gaplashtirishlarini, Tohirning ishlashga majbur qilayotgan holatni yaxshi yoʻl bilan hal qilishlarini soʻraydi. Bu holat yuzasidan IIB xodimi Nosirov shug’ulanadi. U Tohirning otasini ichkilik ichib xotiniga zoʻravonlik qilgani uchun jazolaydi va bu holat qaytarilmasligi uchun tushuntirish xati yozdiradi. Tohirning onasini ishga joylashtiradi. Mana endi Tohir ham ishlashga majbur emas, u endi oʻqishga oʻz vaqtida boradi. Darsda faol ishtirok etadi.
Hurmatli ota-onalar va mahalladagi yoshi ulugʻlar. Bir bolaga yetti mahalla ota ona deganidek oʻz farzandingizni yoxud mahalangizdagi bolaning taqdiriga befarq boʻlmang!
Inomjonova Marxabo, BuxDu filologiya fakulteti Jurnalistika yo’nalishi talabasi.
🔺@by_gazetasi