Mehr bu insonlar o’rtasidagi iliq munosabatdir. Mana shu iliq munosabatni hech qaysi farzand unutmasligi darkor. Qanchadan qancha shoir va shoiralar o’z she’r, kuy va navolarida insonlarning bir-biriga bo’lgan mehr-muhabbatni unutmasliklarini ta’kidlaydi. Bu ijod namunalari kelajak avlodning mehr-oqibatli bo’lishiga undaydi. Bu mehr tushunchasi odamlarning bir-biriga bo’lgan ishonch va hurmatini oshishiga sabab bo’luvchi omil sifatida qaraladi. Bu kelajak avlod uchun katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Farzandni yoshligidan mehr-oqibatli qilib tarbiyalash bu ota-onaning vazifasi. Farzand o’z yaqinlariga mehrli bo’lishi kerak. Ayniqsa, oila-a’zolariga bo’lgan mehr-muhabbatni unutmasligi lozim. Ota-ona farzandini voyaga yetkazguniga qadar o’zining bor mehrini berib katta qiladi. Ota-onamiz keksayganlarida biz farzandlar mana shu mehrni ulardan ayamasligimiz kerak. Bu bizning asosiy va eng muhim farzandlik burchimizdir.
Mohinabonu Muhammadova, BuxDU Filologiya fakulteti Jurnalistika yo’nalishi 1-bosqich talabasi.
🔺@by_gazetasi