G’ijduvonda o‘qituvchilar repetitorlikka o‘qitilmoqda

Hech kimga sir emas, bugungi kunda mamlakatimizda abituriyentlarning aksariyati talaba bo‘lishni maqsad qilib, repetitorlarga murojaat qilishadi.

E’tiborlisi, repetitorlarga borgan o‘quvchilarning ko‘pchiligi o‘zlari tanlagan oliy ta’lim dargohlariga test sinovlarida yuqori ball to‘plab talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishmoqda. Biroq, yashirishning keragi yo‘q, barcha ota-onalar ham farzandlarini katta mablag‘lar evaziga repetitorlarga o‘qitishga bera olmaydilar. Bu albatta aksariyat insonlarda moddiy va ma’naviy tomondan judayam qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Quvonarlisi, G’ijduvonda bu qiyinchiliklarga yechim topildi. Ta’kidlash lozim, tuman hokimi Sh.Ashurovning bu galgi tashabbusi ko‘pchilikni quvontirishi aniq.

Yangi loyihaga ko‘ra, Respublikamizda OTM larga o‘qishga kirishda 2020-2021- yilda past natijalar ko‘rsatgan G’ijduvon tumanidagi 14 ta maktab fan o‘qituvchilari tuman hokimi Sh.Ashurov tashabbusi bilan, mamlakatimizda ilk bor sinov tariqasida malakali repetitorlar tomonidan o‘qitiladi. Ta’kidlanishicha, malakali repetitorlar intensiv metodlarga asoslangan usullarda dastlab o‘qituvchilarni o‘qitadilar, keyin esa bu o‘qituvchilar orqali maktab o‘quvchilari o‘qitiladi. E’tiborlisi, mazkur loyiha mualliflari qadim va navqiron Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan “Samarali ta’lim” o‘quv markazi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xuzuridagi Yoshlar Parlamenti a’zosi Xurshid To‘xtayev hisoblanishadi. Ishonamizki, kelajakda mazkur loyiha tuman ilm-fan salohiyatini yuqori bosqichga olib chiqishga xizmat qila oladi.

🔺@by_gazetasi