Duel loyihasining 3-mavsumi duelda olovdek yondi!

Xabaringiz bo’lsa, Yosh ijodkorlar kengashi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida 14-iyundan boshlab, “Duel” loyihasining 3-mavsumi boshlandi.

Mazkur loyiha doirasida Toshkent shahar, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta viloyatlardan “Nasr”, “Nazm”, “Tasviriy san’at”, “Badiiy tarjima” yo’nalishlari bo’yicha ko’plab yoshlar ro’yxatdan o’tishdi. 27-iyul “Duel” loyihasining hududiy bosqichlari o’z nihoyasiga yetdi.


Yangi tanlovlar yangi ijodkorlarni kashf etadi. “Duel” loyihasi ham oldiga shunday maqsad qo’ygan. Loyiha shu kungacha ko’plab ijodkorlarni kashf etdi, – desak  mubolag’a bo’lmaydi. Loyihaning kutilgan Respublika bosqichi joriy yilning 14-15-16 sentabr kunlari Adiblar xiyobonida bo’lib o’tdi. Tanlov mukofotiga 500 mln so’m miqdorida pul mukofoti ajratildi. Finalda 67 nafar iste’dodli yoshlar ishtirok etishdi. Tanlovning “Badiiy tarjima” yo’nalishida Alisher Sabriy va Shoxruh Usmonov duelga chiqishdi va o’zaro raqobat olib bordilar. Ulardan Alisher Sabriy 1-o’ringa munosib ko’rildi hamda 25.000.000 so’m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shoxruh Usmonov esa 15.000.000 so’m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanib, 2-o’ringa munosib ko’rildi. Tanlovning nasr yo’nalishida, Shavkat Do’stmuhammad hamda Firdavs Shokirov duelga chiqdi. Firdavs Shokirov 2-o’ringa loyiq deb topilib, 15.000.000 so’m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi. Mutlaq g’olib  Shavkat Do’stmuhammad 25.000.000 so’m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi. “Nazm” yo’nalishida Suhrob Ziyo hamda Shahriyor Shavkat o’zaro duelga chiqdilar. G’oliblik Shahriyor Shavkatga nasib etdi. G’olibimiz 25.000.000 so’m miqdorida pul mukofotiga ega bo’ldi. 2-o’rinda Suhrob Ziyo 15.000.000 so’m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi. Tasviriy san’at yo’nalishida  O’ktam Isepergapov va Ulug’bek Yusupov o’zaro duelga chiqdilar. Ulug’bek Yusupov 1-o’ringa erishdi hamda 25.000.000 so’m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi. 2-o’ringa  O’ktam Isergapovga loyiq ko’rildi va 15.000.000 so’m miqdorida pul mukoti bilan taqdirlandi. Finalga yetib kelgan barcha ishtirokchilar 5.000.000 so’m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Mehrinoz Abbosovaning ta’kidlashicha, “Tanlovlar borasida biz oldimizga shunday maqsad qo’ydik-ki, ya’ni bu tanlov yangi bo’lib, noodatiy bo’lsin. Xalq bahramand bo’lsin. Ijodkor yoshlar qiziqib ishtirok etishsin. Har bir sohaga, yangicha formatga o’tish kerak, duel ham aynan shulardan. “Duel” loyihasi ko’plab ijodkorlarni kash etdi. Kerak bo’lsa bizning kengashimizni ham tanqid qilishdi. Biz esa bundan xursand bo’ldik”.



“Duel” loyihasining 3-mavsumi barcha kutgandek, yangicha formatda, kreativ tarzda o’tkazildi. Hamda yangi ijodkorlarni kash etdi. Bunga o’xshash, loyihalar orqali chekka hududagi ijodkor yoshlarga keng yo’l ochildi.

Abdulloh Abdumo’minov, Toshkent shahar Shayxontohur tumani 102-IDUM o’quvchisi.

🔺@by_gazetasi