Barchamizga ma’lumki Buxoroyi sharifda minglab tarixiy-me’moriy yodgorliklar mavjud. Bular ichida o’zining maftunkorligi, nafosati, so’limligi bilan bizni o’ziga oxangrabodek tortadigan Labi Hovuz ansambli 1510-1530 yillarda qurib bitkazilgan.
Ushbu ansambl Buxoro amirligi bosh vaziri Nodir Devonbegi nomi bilan bog’liqligi haqida ko’plab faktlar mavjud.
Dastlab, bu yerda Labi Hovuz bilan birgalikda Nodir Devonbegi honaqohi va karvonsaroy quriladi. Karvonsaroy vaqf mulkiga berilib honaqohi xarajatlarini qoplab turish rejalashtirilgan edi. Lekin o’sha vaqtlardagi Buxoro amiri Labi Hovuz ansamblidagi karvonsaroyni yangilishib ketib xalq oldida madrasa deya e’lon qilib yuboradi. Shu tariqa amrning yuzidan o’tolmagan saroy amaldorlari karvonsaroyni madrasaga aylantiradi. Labi Hovuz “Hovuz bo’yida, havza bo’yidan”- degan ma’nolarni anglatadi.
Rivoyatlardan birida Labi Hovuz va uning atrofidagi binolar mahr evaziga berilgan zirak bahosiga qurilgan deyiladi. Nodir devonbegi amir qarorgohida ishlab yurgan kezlarida boy va mansabdor kishining qizini sevib qoladi. Hamda unga sovchi qo’yadi. Mahrga qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bir juft tilla zirak beriladi. Kelin uchun berilgan ushbu mahr kamdek ko’rinadi va qiz andek xafa bo’ladi. Sababi kelin ancha boy oilada yashagan, kuyov bola ham uncha buncha emas. Naqd Buxoro amirligining Bosh vaziri Devonbegi edi. Shunday bo’lsada nikohga qiz tomon rozilik bildiradi.
Bir necha yillar o’tib ayol mahrga berilgan zirak solingan sandiqchasini qarasa, bir juft zirakning bittasi yo’q. Uni qidirib ham topa olmaydi. So’ng Devonbegining ayoli xonadonda to’palon ko’taradi. Uyimizdan o’g’ri chiqibdi,- deya har tononga jar soladi. Shu damda Nodir Devonbegi kelib ayolini tinchlantirib zirakni bir jufti kerak bo’lganligi uchun olganini aytadi.
Bir qancha vaqt o’tib Nodir Devonbegi keladi va ayoliga Buxoro shahrini aylanishni taklif qiladi. Devonbegi ayolini o’sha vaqtda endigina qurilgan Labi Hovuz ansambliga olib boradi. Bunday so’lim go’sha katta hovuz va chiroyli binolar Devonbegining ayolini o’ziga maftun etadi.
‘Bunday chiroyli binolar-u hovuzni kim qurdi. Qachon qurildi bular,- ‘deya Devonbegidan savol so’raydi. Nodir devonbegi bir qachon vaqt oldin olgan ziragini eslatadi. O’sha zirakning evaziga ushbu binolarni qurdirdim deydi. Shundan so’ngina Devonbegining ayoli mahr uchun berilgan ushbu bir juft zirakning naqadar qimmatbaho ekanligini tushunib yetadi.
Hozirgi kunga kelib Buxorodagi Labi Hovuz ansambli yangi ta’mirdan chiqarildi. Shahar ahli va sayyohlarning sevimli go’shasiga aylandi. Labi Hovuzning salqin shamoli va unga o’rnatilgan chiroqli favvoralar bilan bir qatorda Buxorodagi boshqa tarixiy obidalardan farqli o’laroq bu inshootda kechki vaqtda ham odam gavjum bo’ladi. Mehmonlarga barcha turdagi xizmatlar ko’rsatiladi. Bu so’lam maskanga qarab kishi ko’ngli yashnaydi.Qalbida iliqlik uyg’onadi. Moziydan sado berib turgan obidalar insonni hayolot dunyosiga g’arq etadi.
Dilnavoz To’xtayeva.
🔺@by_gazetasi