“Т”sini “yeb” qo‘ygan “уширинг” bartaraf etildi

Buxoro tumani Rabotak MFY hududida joylashgan “METAN” avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasida imloviy xatolar bilan chiqartirilgan tashqi yozuvlar ishchi guruh a’zolari tuman hokimi maslahatchisi Z. Ergasheva hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari J. Aslonovlar tomonidan o‘rganildi.

Yoqilg‘i quyish shaxobchasining kirish yo‘lidagi “METAN” yozuvidagi “M” harfining tushib qolganligi, yo‘lovchilar kutish joyi yon qismida o‘rnatilgan tashqi yozuvda “туширинг” so‘zidagi “T” harfining tushib ketishi oqibatida imlo qoidasi buzilganligi aniqlandi. Yoqilg‘i quyish shaxobchasining mas’ul xodimlari ishtirok etgan tushuntirish jarayonida kamchiliklar joyida bartaraf etildi hamda tashqi reklamalar xatosiz hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida chiqarilishi ta’kidlandi.

Akbar Rustamov

🔺@by_gazetasi