XVII “ Ipak va ziravorlar” festivalining ikkinchi kuni “Olot durdonalari” etnografik jamoasining chiqishlari bilan boshlandi. Ayni damda festivalga kelganlarni o’z chiqishlari bilan xursand qilishmoqda.
Hojiyev Zayniddin boshchiligidagi Shofirkon “Vardonze” folklyor etnografik jamoasining ham betakror chiqishlariyu kuy, qo‘shiqlari hammani raqsga chorlamoqda.
Milliy kuy-navolarimizga beixtiyor jo’r bo’layotgan xorijliklarni ko’rib, yanayam zavqingiz oshadi. Do’stlikka rishta “Ipak va ziravorlar” quloch yozishiga shubha yo’q.
Sanjar Salimov, “Parvoz” yosh jurnalistlar guruhi a’zosi.