“Olimjon” karvon saroyiga kirar ekansiz, hunarmandchilik buyumlariga ko’zingiz tushadi. Bir-biridan go’zal minyaturalar, tasviri tushurilgan lalilar, xumdonlar, milliyligimiz ufurib turadigan gultuvak va shamdonlar, qolaversa, bejirim naqshlar o’yib ishlangan lavhlarni ko’rib ko’zingiz quvonadi.
Bilishimizcha bunday noyob hunarmandchilik buyumlarini Zikirov Mizrobjon yasagan ekan.
Biz Mizrobjon bilan suhbatlashib, Mizrobjon Zikirov 1995 yilda Romitan tumanida tavallud topganligini, Buxoro shahridagi 30-maktabni a’lo baholarga bitirib, hunarmandchilikka bo’lgan qiziqishi ota-onasi tufayli uyg’onganligini bilib oldik. Otasi Murtazo Hojiyev Buxoroning taniqli rassomlaridan bo‘lib, 15 yoshidan boshlab mustaqil hunarmandchilik buyumlarini yasay boshlagan. Mizrobjon o’z faolligini O’zbekiston yoshlar ittifoqi a’zosi sifatida namoyon etib kelmoqda. Mizrobjon hunarmandchilik buyumlarini yasashdan ortgansh, bo’sh vaqtlarida o’z mahallasidagi yoshlarni turli sport musobaqalariga jalb qilib keladi. Onasi Gulnoz Murodova ham farzandining ijtimoiy faolligini va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaydi.
Suhrob Hamroyev,
Izzat Rahmonov.