Farg`ona atlasi

Farg`ona. Milliy matolar makoni. Qatlarida ipak tolalari jilo berayotgan milliy matolarimiz mana ming yillarki o`zbek xalqining madaniyati va ma`naviyatidan darak berib kelmoqda.

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahridan XVI xalqaro ,,Ipak va ziravorlar’’ turistik festivaliga tashrif buyurgan hamyurtimiz Yulduzxon Ga`niyeva bobome`ros kasb adras to`qish bilan shug`ullanadi. Festival rastalarini milliy matolarimiz bilan to`ldirgan hunarmand o`z taassurotlarini quyidagicha ifodaladi:

“Men mana 10 yildirki ajdodlarim izidan borib bobome`ros kasbim adras to`qish bilan shug`ullanib kelaman. Hozirgi kunda oilaviy tadbirkorlikni yo`lga qo`yganmiz. Pilladan ipak yigirishdan to mato tayyor holatiga kelgunicha qo`l mehnatidan foydalanamiz. Men bu yil Buxoroda o`tadigan an`anaviy ,,Ipak va ziravorlar ,, festivaliga 4 bor tashrif buyurdim. O`tgan yillar davomida shunga amin bo`ldimki yurtdoshlarimiz qolaversa sayyohlarning ham milliy matolarimizga bo`lgan qiziqishi tobora ortmoqda, bu esa o`z navbatida biz hunarmandlar yelkasiga mas`uliyat yuklaydi, matolarimizning yanada maftunkor jilo berishi uchun bor kuch-g`ayratimizni sarf etishga undaydi’’.

Nafosat Davlatova                                                                                                                                              Suratkash:   Doniyor Choriyev