Qadim va milliy an`analarga yo`g`rilgan ,, Ipak va ziravorlar’’ festivali avj pallada. Festival doirasida tashkil etilgan milliy matolar yarmarkasi, ko`rgazma rastalari odamlar bilan gavjum.
Milliy matolarimizni o`zida aks ettirgan, mohir hunarmandlarimiz tomonidan tayyorlangan qo`g`irchoqlar inson qalbini yayratadi, qalblarga zavq bag`ishlaydi. Milliylik, o`tmish va zamonaviylikni o`zida jam qilgan qo`g`irchoqlar rastalar ko`rkiga aylangan.
Hunarmandlarimiz tomonidan tayyorlangan milliy qo`g`irchoqlarimiz nafaqat yurtdoshlarimiz balki butun dunyo nigohida. Mana shunday usta hunarmandlar yurtimizning har tomonidan Sharif shaxar Buxoroda jam bo`lishgan. Toshkent viloyati Piskent tumanidan festivalga tashrif buyurgan qo`girchoq ustasi Dilorom Islombekova mana 4 yildirki ,,Ipak va ziravorlar’’ festivalida ishtirok etadi. Dilorom Islombekova 5 yildan buyon milliy qo`g`irchoqlar tayyorlaydi. E`tiborlisi shundaki qo`g`irchoqlarning ust kiyimlari va yuz tuzilishida faqat milliylik, o`zbek qizlarining ibo-hayosi va qadriyatlarimiz aks ettiriladi. Milliy qo`g`irchoqlarimiz jilosi inson qalbiga yuksak g`urur va faxr tuyg`ularini yana bir karra orttiradi.
Nafosat Davlatova
Suratkash: Doniyor Choriev