Mo`jizalar yurti

Qadim va hamisha navqiron shahar Buxori sharif.   Bugun tongdan qadim an`analar yurtida tantanalar navosi yangradi.

XVI Xalqaro ,,Ipak va ziravorlar’’ turistik festivali barchani shahrimizning eski shahar hududiga chorladi. 70 xilda jilo berayotgan, qatlarida quyosh jilva qilayotgan ipak matolarimiz atlas va adraslar, ming dardning davosi xushbo`y ziravorlar rastalarimiz ko`rkiga aylandi.

DSC_0002

Nafaqat, yurtdoshlarimiz balki butun dunyo nigohi bugun buxoroyi sharifga qaratilgan. Shahrimizga tashrif buyurgan Fransiyalik sayyoh Claude Baumarche o`z taassurotlarini quyidagicha izohladi:

-Men shahringizga birinchi bor tashrif buyurdim. Taassurotlarim anchagina. Buxoro mo`jizalar makoniga o`xshaydi, ertaknamo shahar. Ayniqsa milliy matolaringiz jilosi ko`zni qamashtiradi. Bir so`z bilan aytadigan bo`lsam shaxringiz, mehmondo`st yurtdoshlaringiz menda o`zgacha iliq taassurot qoldirdi.

Sharif shaxrimizda ,,Ipak va ziravorlar’’ festivali davom etmoqda. Barchani shukuhli va milliy bayramga chorlaymiz.

 Nafosat Davlatova