Shahobiddin olimpiada chempioni!

 

2ecc87dfa2d304ed4e267d2dd5bd8f37

Nihoyat viloyatimiz sport shinavandalari orziqib kutgan kun ham keldi. Pekin, London olimpiadalarida viloyatdoshlarimizning faqatgina bronza medallari bilan qanoat qilishgan muxlislar okean ortida Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida kechgan har to’rt yillikning eng yirik musobaqasida yuqori probali medallar zavqini ham tuyishga muvaffaq bo’lishdi.

2016 yil 21 avgust. Bu kun yurtimiz, ayniqsa viloyatimiz sporti zarvaraqlaridan o’rin olsa ajab emas.

Boksning 52 kilogramgacha bo’lgan Olimpiada bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan viloyatimiz vakili Shahobiddin Zoirov irlandiyalik Brendan Irvin (1/16 final), amerikalik Antonio Vargas (1/8 final), ozarbayjonlik Elvin Mamishzade (1/4 final), venesuelalik Yoel Rivas kabi sportchilarni mag‘lub etib, shu kuni oltin medal uchun bahsda rossiyalik Mixail Aloyan bilan ringga chiqdi.

146463_680

Garchi Shahobiddin faol harakat qilganiga qaramay hakamlar dastlabki raundda rossiyalik  bokschining foydasiga qaror qabul qilishdi. Ikkinchi raundda faolligini yanada kuchaytirib, raqibini aniq zarbalar bilan “siylagan” Shahobiddin Zoirov hakamlarning adashishiga heya qanday imkon qoldirmadi. Hal qiluvchi raund Rio—2016 oltin medali egasini aniqlab berishi kerak edi.

Uchinchi raundda ham Shahobiddin aniq zarbalari bilan ajralib turdi va jangni o‘z foydasiga hal qilib, Rio—2016 Olimpiadasi chempioniga aylandi!

146592_680

Kogon shahridagi “Baxt” ko’chasi 4-uyda istiqomat qiluvchi Shokir Qodirov va Rohila Sharipovalar xonadoni shu oqshom Shahobiddinning o’yinini bevosita shu xonadondan ko’rish va chempionning g’alabasi bilan ota-onasini qutlash uchun tashrif buyurgan xonadon yaqinlari, qarindoshlar, mahalla va jamoatchilik vakillari bilan gavjum bo’ldi.

Shu oqshom viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi M. Esanov ham ushbu xonadonga tashrif buyurib, Sh. Qodirov va R. Sharipovalarni farzandlarining olimpiada chempioni bo’lgani bilan qutlab, ana shunday jasur va mard farzandni tarbiyalagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Shahobiddinning g’alabasi nafaqat uning balki  butun viloyat, yurtimiz sporti yutug’i tantanasi ekanligini ta’kidladi. Oila a’zolariga viloyat hokimligi, jamoatchilik tashkilotlari o’zlarining sovg’alarini topshirishdi.

***

f47a4f7a5e39e86eb282512be1f70110

Aytish joizki, yakuniga yetgan bu yilgi olimpiada musobaqalarida 6 nafar buxorolik atlet yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

100 va 200 metrga yugurish bahslarida Nigina Sharipova, 73 kilogrammgacha vaznda dzyu-dochi Mirali Sharipov, og’ir atletika bo’yicha 105 kilogrammdan og’ir bo’lgan polvonlar o’rtasida musobaqaning o’ziga xos kashfiyotiga aylangan Sardor Do’stmurodov garchi musobaqalarni erta yakunlagan bo’lishlariga qaramay ularning har bir chiqishlari muxlisu mutaxassislar olqishiga sazovor bo’ldi.

Quvonarlisi shundaki, boks bo’yicha 52 kilogrammgacha vaznda Shahobiddin Zoirov oltin, 69 kg. vaznda Shahram G’iyosov kumush, dzyu-do bahslarida tajribali Rishod Sobirov 66 kg vaznda uchinchi bor bronza medalini taqdim etishga muyassar bo’lishdi.

Umuman, mamlakatimiz sportchilarining Olimpiada bahslaridagi eng yaxshi natijasi qayd etilgan Rio musobaqalarida yurtimiz vakillari 4 ta oltin, 2 ta kumush hamda 7 ta bronza, jami 13ta medal bilan umumjamoa hisobida 207 davlat orasida 21-o’rinni egalladi. Bu natija bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi hamda Boltiqbo’yi mamlakatlari orasida Rossiyadan so’ng ikkinchi, Osiyoda esa 4-o’rinni qayd etdik.

 

 

 

Shu yilning avgust oyida Braziliyada o‘tkaziladigan Yozgi olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi bokschilarimiz soni yana bittaga ko‘paydi. 52 kg vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Shahobiddin Zoirov ana shu imkoniyatni qo‘lga kiritdi.

 

Ҳамюртимизга ҳал қилувчи жангда россиялик Миша Алоян рақиблик қилди.

Муросасиз кечган жангда боксчимиз ғалаба қозонди!

Олимпиаданинг олтин медали муборак бўлсин!

 

 

 

 

 

 

52 кг вазн тоифасида юртимиз шарафини ҳимоя қиладиган боксчимиз Шаҳобиддин Зоиров илк жангини ўтказди.
Боксчимиз 1/16 финалда ирландиялик боксчи Брендан Ирвинга қарши жанг қилди ва яхшигина устунлик билан рақибини мағлубиятга учратди.

 

Дата рождения: 3 марта 1993 г.
Место рождения: Бухара
Направления: Спортсмены

Зоиров Шахобиддин Шокирович родился в 1993 году 3 марта в городе Каган, Бухарская область. В 2011 году окончил Бухарский колледж олимпийских резервов. С 2012 года член сборной Узбекистана. В 2014 стал обладателем серебрянной медали XVII Азиатских игр, которые проходили в городе Инчеон, Южная Корея.

На XXXI летних олимпийских играх в Куинане (Китай) в квалификационном турнире Азии и Океании Шахобиддин Зоиров получил лицензию участия в чемпионате «Рио-2016».