Nafosat Davlatova, Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi Sanoat va transport kasb-hunar kollejida tahsil olmoqda. ,,Badiiy nafosat bilimdoni’’ yosh jurnalistlar tanlovining Respublika bosqichida 1- o`rinni egallagan. ,,Yurt kelajagi’’, ,,Yil sardori’’ tanlovlarining tuman bosqichida g`oliblikni qo`lga kiritgan. Shu kunga qadar Nafosat Davlatovaning ,,Umrim bahori’’, ,,Vatan madhi’’, ,,Mening baxtim’’ nomli sheriy to`plamlari nashr etilgan.
O`ZBEKISTONIM
Oyning shulalari tarqaldi ufqqa,
Yurtim chiroyidan sarmastman bugun.
Vatanim ta`rifin soldim qo`shiqqa,
Kelajagim porloq to`leyim butun.
Madhiga deb g`azal bitgay shoirlar,
Chiroyini ko`rib dunyo hangu mang.
O`tmishin bag`rida qaynagay sirlar,
Ta`rifin kuylayman zavq bilan tinglang.
Yuz yoshda bobolar alp o`g`lonlardek,
Momolar yuzidan kulgu arimas.
O`z yerida xoqon o`z yerida bek,
Bu yurtda shodlik ham quvonch qarimas.
Onalari sog`lom farzandi tetik,
Otalari yurtga qalqondir doim.
Avlodlar barkamol topqir ham yetuk,
Jannatim yurtimni asra xudoyim.
Onalar allasi jaranglar mudom,
Har sahar olamni tutar non isi.
O`qib izlanishga berilgan imkon,
Mangu o`chmagaydir ajdodlar izi.
Chiroyiga loldir Amriqo, Farang,
Samarqand,Buxoro sharqning gavhari.
Mustaqil yurtimning ko`rkiga qarang,
Adolat, ezgulik mujassam bari.
Ayvonin tark etmas qaldirg`ochlari,
Kabutar tinchlik deb aylaydi parvoz.
Ostonadan g`aflat soyasi nari,
Bu yutrda har inson topgaydir e`zoz.
Jonim rishtalari joningga payvand,
Sajdagohim o`zing makkam-Madinam.
Buyuk ajdodlarim payg`ambar monand,
Suyanchim otamsan, duogo`y onam.
Vatav ostonangdan ungan chechakman,
Bag`ringdan nur olib ulg`aydim ozod.
Qayerda bo`lmayin suyanch tirgakman,
Har dam senla bo`lsam farovon hayot.
Buyuk ajdodlarim teran ildizlar,
Ko`zmunchog`ing bo`lay sadqadir jonim.
Topsam ta`rifingga yetmaydi so`zlar,
.g`ururim faxrimsan O`zbekistonim.
PARVOZMIZ
Bizlarni kutmoqda porloq kelajak,
Vatan mehri dilda doim sergakmiz.
Ertangi kunimiz go`zal bo`lajak,
Tengdoshim istiqlol, erkga tirgakmiz.
Vatan deb yangragan jo`shqin ovozmiz,
Yuksakni ko`zlagan baland parvozmiz.
Kamolot bizlarga bo`ladi qanot,
Kelgin qo`lni qo`lga beraylik tengdosh.
Vatanga baxshida yorqin iste`dod,
Mangu nur sochadi ko`kdagi quyosh.
Vatan deb yangragan jo`shqin ovozmiz,
Yuksakni ko`zlagan baland parvozmiz.
O`qib izlan do`stim marra bizniki,
Kelajakka dadil tashlaymiz qadam.
Ertangi kun dono o`g`il qizniki,
Yurtboshim qo`llaydi bizlarni har dam.
Vatan deb yangragan jo`shqin ovozmiz,
Yuksakni ko`zlagan baland parvozmiz.
Safimiz kengayar biz baxtiyormiz,
Boshimiz balanddir, qaddimiz mag`rur.
Kelajagi buyuk yurt diyorimiz,
O`zbekiston nomi biz uchun g`urur.
Vatan deb yangragan jo`shqin ovozmiz,
Yuksakni ko`zlagan baland parvozmiz.
Nafosat Davlatova