Jahon xalqlari ko’zini quvontiruvchi milliy matolarimiz, ulardan tikilgan milliy liboslar ham azaliy qadriyatlarimizdan biri sifatida e’tirof etiladi. Ommaviy madaniyat xuruji tobora xavf solayotgan bugungi globallashuv davrida yoshlarimizni aynan milliy liboslar orqali an’analarga sodiq etib tarbiyalashdagi ahamiyati nihoyatda cheksizdir. Festival doirasida adras, atlas va boshqa matolardan milliy va zamonaviy dizayn uyg`unligida tikilgan liboslar ko’rgazmasi shu jihatdan yoshlarimizda katta taassurot qoldirdi.
Unda 15 ta dizayner tomonidan 200 dan ortiq kollekstiya taqdim etildi. Hakamlar hay’ati tomonidan iqtidorli dizayner Shahnoza Kamolovaning ishi 3-o’ringa, Anvar Sa’dullaev kollekstiyasi esa 2-o’ringa munosib ko’rildi. Birinchi o’rin esa tojikistonlik dizayner Saidjamol Mansurovga nasib qildi.
Shuningdek ko’rgazma davomida Shahnoza Kamolova, Shamsiya Nabieva, Shahina To’raeva, Aziz Ro’ziev, Mohigul Jumaeva, Amira To’laeva singari iqtidorli dizaynerlar tadbir tashkilotchilari tomonidan qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanishdi.