Milliy an`anaviy festival o`zining eng qiziq pallasiga yetib keldi. Ya`ni, milliy modalar namoyishi boshlanish arafasida turipdi. Bu namoyishda 7 ta dizayer ishtirok etmoqda. Milliyligimiz namoyon bo`lgan liboslar o`zbek xalqining urf odatlari , qadriyatlari tarixidan so`zlayotgandek go`yo. Namoyishni baholash maqsadida bir guruh hakamlar hay`ati yig`ilgan. Shuningdek, sayyohlarning o`zgacha qiziqish-u zavq bilan tomoshaga yig`ilishganlari ko`zlaridagi quvonchdan ma`lum bo`lyapti. Ko`kaldosh madrasasida o`tkazilayotgan bu tadbir majmuaga o`zgacha ko`rk bag`sh etgan. Viloyatlardan tashrif buyurgan bir guruh folklyor ansambillari o`z yallari bilan ko`ngillarni xushnut etishmoqda. Voqealar rivojini biz bila birgalikda kuzatib boring.
Dildora Qamarova