DO`STLIK TANTANASI

O`zbek xalqi azal-azaldan o`zining go`zal urf-odatlari, an’analari bilan butun dunyoni lol qilib kelgan. Shu jumladan, milliy raqslarimiz ham o`zining jozibadorligi va milliy qadriyatlarimizni o`zida jo etganligi bilan nafaqat yurtimiz, balki xorijlik mehmonlarning ham qiziqishlariga sabab bo`ldi. An`anaviy  XV  ,,Ipak va ziravorlar’’ xalqaro turistik festivali doirasida tashkil etilgan turli xalqlarning folklor chiqishlari barchaga birdek manzur bo`ldi. Buxoro shahrida o`tayotgan ushbu festivalni hech shubhasiz do`stlik tantanasi desak mubolag`a bo`lmaydi. Xususan, Hindiston madaniyat markazi tomonidan ijro etilgan kuy-qo`shiqlar,  jozibali raqslar barchani o`ziga rom etdi.

Nafosat DAVLATOVA