YOSHLAR MADHIYALARI YANGRAGANDA…

Nodir Devonbegi madrasasidagi chiqishlar davom etmoqda. Hammaning kayfiyati a’lo darajada. Festivalda  faqatgina viloyat va tuman folklor jamoalari ishtirok etayotgani yo`q. Festivalda Hindiston madaniyat markazi raqs dastasi ham o`zlarining sho`x qo`shiqlari bilan ishtirok etib, barchani xushnud etdi. Boshqa xorijlik mehmonlar ham ushbu ijro orqali do`stlik rishtalarini yanada mustahkamlashdi. Bundan tashqari sahnada ,,Kamolot’’ madhiyasi, ,,Parvoz’’ guruhi madhiyasi yangradi. ,,Madad’’ hamda ,,Kelajak’’ guruhi a`zolari qiyqiriqlar bilan qo`llab turishdi. Festival hali ham ko`tarinki kayfiyatda davom etmoqda…