Dardga darmon ziravorlar

“Ipak va ziravorlar” festivali haqiqatdanda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o`zida mujassam etgan do`stlik tantanasidir. Festival davomida ziravorchilar shifobaxsh va xushbo`y ziravorlari bilan ishtirok etishdi.  Jumladan, Buxoro shahridan ishtirok etayotgan ziravorchi Matlabov Dilmurod o`z so`zlarida ziravorlarning inson salomatligiga foydasi haqida alohida ta`kidlab o`tdi:

,,Ziravorlarimiz ovqatga xushbo`y tam berishi bilan birga, tarkibida inson organizmi va uning salomatligi uchun kerak bo`ladigan vitaminlar ham mavjud. Masalan, Sedona-ichki organizmlar faoliyatini maromida ushlash bilan birga, oshqozon- ichak faoliyatini yaxshilaydi’’.

20160526_145345

Giyohlar bo`yicha mutaxasis Rasulova Sharofat ham Kiyiko`tining inson salomatligiga ta`siri haqida gapirib o`tdi.  -,,Kiyiko`ti Respublikamizning tog`li hududlaridan olib kelinadi, bu shifobaxsh giyoh buyraklar faoliyatini yaxshilaydi, O`lmaso`t esa jigar va o`tpufagi uchun juda foydali.

20160526_144955

Yana bir Buxorolik ziravorchi Muxadov Sherzod Zarchuba(Kurkma) haqida quyidagi fikrlarni aytib o`tdi: ,,Hindistonda yetishtiriladigan ushbu mahsulot ovqatga xushbo`y hid, takrorlanmas tam va o`zgacha rang beradi. Zarchuba(Kurkma) yurtimizga Pokiston orqali yetkazib beriladi’’

                                                       Nafosat Davlatova