MILLIY O`YINLARDA ASRIY QADRIYATLAR AKSI

Festival doirasida  tashkil etilgan eng qizg`in loyihalardan biri ,,Qo`chqorlar jangi’’ musoboqasidir. Viloyatimizning qator tumanlaridan tashrif buyurgan havaskor va tajribali qo`chqorbozlar ishtirok etgan kurashda Buxoro tumani ishtirokchisi g`alaba qozondi. Keyingi o`rinlar G`ijduvon hamda Jondor tumanlariga nasib etdi.– Men mazkur festival doirasida o`tkazilgan qo`chqorlar jangida g`olib bo`lganligimdan juda xursandman. Tinch yurtimizda asriy qadriyatlarimiz qayta tiklanganligiga ming shukurlar aytaman -deydi o`z so`zida tanlovda g`oliblikni qo`lga kiritgan Buxoro tuman ishtirokch iAbdulaziz Safarov.