Qahraton qishlarga kunim qoldimi,
Ayni chog` yuragim, mehrga tashna.
Do`stingman, deganlar mehr berdimi-
Dardkashim, dilbandim, onamdan boshqa.
Ba`zan yuragimda jam bo`lsa alam,
Holimni so`rgani, kelmas do`st-oshna.
Goho hayot zarbidan bexos qoqilsam,
Qo`limdan tutmaslar,onamdan boshqa.
Kech-kunduz xayoling mendami, ona,
Osmon-u falakka ishonmay meni.
Der, ko`zim quvonchi yagonam bolam,
Birov qayg`urmaydi, onamdan boshqa.
Iztirob chekkanda,beozor yurak,
Zulmat qaridagi yagona nursan.
Yetti mo`jizalar tug`ilgan makon,
Qalbim tubidagi yagona dursan.
Mehrangiz SHOKIROVA.
Buxoro shahridagi 5-umumiy o`rta ta`lim
maktabi o`quvchisi.