Bolalarga xos dunyoqarash va tasavvur bilan sodda va samimiy she’rlar yozayotgan Munisa Boltaeva she’rdan-she’rga kitobdan-kitobda mahorati oshib, sayqallashib bormoqda. She’rlarida o’ziga xos tabiati, shiddat va shijoati yaqqol aks e`tayotganini uning she’rlarini o’qisangiz yaqqol anglaysiz.
U hali o’quvchi. Endigina 13 yoshni qarshiladi. Bu yoshda ko’pchilik bolalar hali bolalik tasavvurlari bilan bo’lib yurgan bir paytda Munisa kattalardek fikrlab, mushohada yuritib bir-biridan chiroyli she’rlar yozayapdi Kattalarning havasini keltirgudek kirishimli, hozirjavob va bilimdon. Maktabda faol o’quvchi va ibratli tengdosh. O’qituvchilarining ishonchini oqlashga arziguvlik faol. U adabiyotni sevish, ajoyib she’rlar yozish bilan birga umumta’lim fanlarini yaxshi o’zlashtirmoqda. Matematika, tarix, ingliz tili uning jonu dili. Ustozlari va atrofdagilar Munisaning favqulodda qobiliyatiga, tirishqoqligi va jura’tiga hamisha qoyil qolishadi. Bu xislatlari she’rlarida o’z aksini topmay qolmagan
Ko’ngillar ham yayrar yana,
Yurt yasharib borar yana
Duo to’lib borar yana
Sog’lom ona , sog’lom bola, deya zamonga hamnafas she’rlar yozadi u.
She’rlarini shunchaki o’qimaysiz balki she’r ichida yashaysiz. Uning ijodida ayrim kamchiliklar ko’zga tashlansada, katta mavzularga qo’rqmay qo’l urayotganiga tahsin aytasiz.
Uning qo’lingizdagi she’riy guldastasidan joy olgan “Dugonalar”, “Ona mehri”, “Ustoz” “Bemor bo’lib qolganda onam”, “Umr mazmuni”, “Ayol”, “Keksalar”, “Beg`uborim” nomli she’rlari sizni bir muddat o’yga toldirishiga aminman.
O’z rangi va ifori bilan o’quvchilar mehriga sazovor bo’lgan adabiyot vakillariga havas qilib ularga o’xshashga intilayotgan havaskor shoira-Munisaxonning ijodiga havasingiz kelishi aniq. Negaki uning harakatlari izlanish intilishlari shunga loyiq. U vatanni sevadi, ota-onasini boshiga ko’taradi. Ustozlarini hurmat qiladi. Tengdoshlariga mehribon o’z oldiga aniq maqsad qo’ygan va shu maqsad yo’lida dadil intilmoqda. Bu esa uning yorqin kelajagidan yaqqol nishona.
Munisa Boltaevaning ushbu “Orzular osmoni” she’riy guldastasini o’qing. Undan bahra oling so’zning mo’jizaviy qudratiga ishonasiz.
Umidli ijodkor Munisaxonga barakali ijod hamroh bo’lsin.
YURTIM
Quchog’ingda ulg’aydim, undim,
Onam bo’lib boshim silading.
Mehr to’la qalbingni ochib,
Quvonch bilan oq yo’l tilading.
Kuch olaman bag’ringdan mudom,
Yo’l olaman yuksakka ayon.
Tuproq, go’yo, mehring to’la jom,
Baxt ko’rinar boqmayin qayon.
“BEMOR BO’LIB QOLGANDA ONAM”
Unutaman bir zum shodlikni,
Yuragimni bosar g’am-alam,
Unitaman butun borliqni,
Bemor bo’lib qolganda onam.
Xasratlarim sig’mas ichimga,
Tor bo’ladi ko’zimga olam,
Ishonmasman hatto kuchimga,
Bemor bo’lib qolganda onam
Tunlar uzun chekaman nola,
Tashvishlarim bo’lar go’yo jam.
Menku, hatto chidolmas otam,
Bemor bo’lib qolganda onam.
Hech huvullab qolmasin hovlixonam,
Sevib yashay onamni har dam.
Yupatolmas hach bir tasalli,
Bemor bo’lib qolganda onam.