Yurtboshimiz o’z ma’ruzalaridan birida: ”Ertangi kunimiz, hayotimizning farovonligi, zamondan orqada qolmaslik, taraqqiy topgan davlatlardan va xalqlardan kam bo’lmaslik, bir so’z bilan aytganda, ertangi istiqbolimiz, barcha ezgu niyatlarimizning amalga oshirilishi, birinchi navbatda, bizning o’rnimizga kelayotgan yosh avlodimizni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashga, voyaga yetkazishga chambarchas boliqdir”,-degan edi.
O’zbekiston davlatining buyuk kelajagi hozirgi kunda, asosan, umumiy o’rta ta’lim maktablarida, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lm-tarbiya olayotgan iste’dodli, ijodkor va tashabbuskor yoshlarga bog’liq. Chunki, bu yoshlar mamlakatimiz iqtisodiyoti, madaniyati va ishlab chiqarish sohalarida ijod qiladigan, kelajak poydevorini yaratadigan yoshlardir.
Shu sababli mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash uchun muhim ahamiyatga molik b o’lgan vazifalar belgilab olindi va bosqichma –bosqich amalga oshirib kelinmoqda.
Amalga oshirilgan bunday islohotlarning eng asosiysi -“Ta’lim t o’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishidir. Ushbu hujjatlar jamiyat taraqqiyotida intellektual salohiyatni shakllantirishning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy poydevori b o’lib xizmat qilmoqda.
Ta’kidlash o’rinliki, 2010-yildan beri har yili Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohalarga y o’naltirilayotgani ham yoshlarga g’amxo’rlikning yorqin ifodasidir. Chunki, yoshlar mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlaydigan, har bir sohada o’z iqtidori va iste’dodini t o’la-t o’kis namoyon eta oladigan avlod sifatida shakllanishi lozim.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil etmoqda. Bu YUNESKO tomonidan mamlakatni barqaror rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo’naltirilishi zarur b o’lgan investitsiyalar miqdori bo’yicha tavsiyalardan , ya’ni 6-7 foizdan qariyb 2 barobar k o’pdir.
Albatta, barkamol avlodni ham ma’nan, ham jismonan tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan bunday misollarni k o’plab keltirish mumkin, asosiy masala shundan iboratki, yuksak ma’naviyat intellektual salohiyat, zamonaviy bilimlarga ega avlodgina xalqimiz erishgan mustaqillikni asraydi, ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyotga munosib hissa q o’shadi.
MUHAMMADSODIQ HAMIDOV,
BuxDU ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti 2- bosqich talabasi.