“Markaziy Osiyoda dinlararo va bir din ichidagi bag‘rikenglik masalalarini yoritishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni”

⚡Ayni damda “Markaziy Osiyoda dinlararo va bir din ichidagi bag‘rikenglik masalalarini yoritishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni” mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

Diniy bag’rikеnglik turli din vakillari e’tiqodidagi mavjud aqidaviy farqdan qat’i nazar, barchaning yonma-yon, o’zaro tinch-totuv yashashini anglatadi. O’zbеkistonda barcha din vakillarining an’ana va urf-odatlarini amalga oshirishi, diniy udumlarini ado etishi uchun imkoniyatlar yaratilgan va bir-biriga hurmat ko’zi bilan qarash davlat siyosatining asosiy tamoyiliga aylangan.

Millatlararo totuvlikni, tinchlik va osoyishtalikni, xavfsizlikni ta’minlashni yanada mustahkamlash uchun uni yoshlarga tushuntirish, ular o’rtasida uchrashuv, suhbatlar hamda davra suhbatlari uyushtirish yoshlar ongiga ko’p millatli yagona, ahil oila tuyg’usini singdirishga zamin yaratadi. Xuddi mana shunday davra suhbati bugun Toshkent shahridagi Redisson blu hotel mehmonxonasida qizg‘in davom etmoqda.

Ishtirokchilar:

Markaziy Osiyo mamlakatlari—Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan manfaatdor davlat organlari vakillari, jurnalistlar, blogerlar va ekspertlar, fuqorolik jamiyati institutlari vakillari

Tashkilotchilar:

O‘zbekiston Jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi va “Search for Common Ground” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekiston filiali

Bizni kuzatishda davom eting… 

https://t.me/by_gazetasi_chat               🔺@by_gazetasi