Dilnavoz ”Yil talabasi-2023″ g‘olibi

-Har yutug‘im, har muvaffaqiyatim bir daraxt bo‘lsa, ildizi ota-onam duosi, uning tomirlari ustozlarim sabog‘i deb bilaman. ”Yilning eng ijodkor talabasi” nominatsiyasi g‘olibi deya e’lon qilinganda sahnaga chiqar ekanman, meni qo‘llaganlarga, munosib deb bilganlarga minnatdorchilik bildirish xayolimni band etdi,-deydi Dilnavoz To‘xtayeva.

Maqsadlari baland qiz Dilnavoz Buxoro davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oladi. Maktab davridanoq jurnalistikaga mehr qo‘ygan va hozirga qadar ,,Adolat’’, ,,Bekajon plus’’, ,,Ma`rifat’’ xalq ziyolilar gazetasi , ,,Ezgulik’’ respublika nashri, ,,Buxoro yoshlar’’, ,,Buxoroyi sharif ’’, ,,Intellekt’’, ,,Buxoronoma’’, ,,Ma`naviyat sarchashmasi’’, ,,Farg`ona xaqiqati’’, ,,Vobkent hayoti’’ kabi nashrlarda 50 dan ziyod ijodiy ishlari nashr qilingan. Vobkent tuman hokimligi tomonidan, ,, Hokim ishonchi’’ yorlig’i bilan taqdirlanganini ilk yutug‘im deb, yodga oladi. Dilnavoz izlanuvchan va tashabbuskor, faol yoshlardan. O‘zi boshchiligida bir qancha lavhalar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlarda yoritib kelmoqda. Har kuni uyga borganda soatlab kitob o‘qish va o‘z ustida ishlash odatiga aylangan.

O‘tgan 2022-yilda “Inson qadri uchun” respublika ijtimoiy videoroliklar tanlovining viloyat bosqichida “Shukronalik – saodatmandlik alomati” deb nomlangan ijtimoiy videoroligi bilan ,,Orginal yondashuv’’ nominatsiyaga munosib ko‘rilgan. 3 million so’m miqdoridagi pul mukofotiga hamda mazkur tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan. 2023-yilning noyabr oyida bo`lib o`tgan ,,Vatan taraqqiyotiga mening hissam’’ Respublika tanlovining Vobkent tuman boshqichida ,,Adabiyot va publisistika yo`nalishi’’ da faxli 3-o`rinni egallagan. Italiyaning ,, Proceedings of International Educators Conference 2023’’ konferensiyasida ,,Bugungi kunda ta`lim sifat samaradorligi yuksaltirish istiqbollari’’ nomli ilmiy maqolasi bilan ishtirok etgan.

Dilnavoz To‘xtayeva ”Yil talabasi-2023″ ko‘rik-tanlovining ”Yilning eng ijodkor talabasi” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Respublika bosqichada ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

U tirishqoqligi, izlanuchanligi, tashabbuskorligi hamda maqsadga dadil intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o`rnak bo`lib kelmoqda.

”Buxoro yoshlari”gazetasi muxbiri, jamoadoshimiz – Dilnavozning eng oliy maqsadlariga erishishiga tilakdoshmiz. Kelgusidagi rejalariga omad va muvaffaqiyat yor bo‘lsin.