BUNI BILISHINGIZ KERAK!

#Sovuq_kunlar

Barcha xavfli tabiat hodisalari vaqtida aholini himoya qilish uchun mas’ul organlar qaysilar va vazifasi nimadan iborat?

Hozirda mamlakatimizda anomal sovuq davom etmoqda – bu vaqtda aholi davlat yordamiga har qachondan ham muxtojroq bo’ladi. Xo‘sh, bunday paytda mamlakatdagi qaysi tashkilot va organlar aholi himoya qilishga mas’ul degan savollar tug’iladi. Quyida bularga biroz to‘xtalib o‘tamiz:

Hududlarda aholini qor ko’chishidan himoya qilish va xavfni kamaytirish bo’yicha hududiy komissiyalar tuziladi.

Davlat organlari o’z vakolatlari doirasida xavfni bartaraf qilish uchun zarur choralarni ko’radi. Xususan:

O’zgidromet: Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda qor ko’chkisi, ko’chki xavfi bor hududlardagi aholi punktlar, obyektlar, aholisi vaqtincha ko’chiriladigan yoki xavfli hududlardan doimiy ko’chirilishi lozim bo’lgan xo’jaliklar bo’yicha ma’lumot tayyorlaydi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: qor ko’chkisi va ko’chki xavfi mavjud hududlarda aholini xavfsiz joylarga vaqtincha va zaruratga ko’ra bosqichma-bosqich doimiy ko’chiradi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi: qor ko’chkisi xavfi bor vaqtda qidiruv-qutqaruv tuzilmalar va tezkor guruhlarning kuchaytirilgan ish rejimini ta’minlaydi.

Ichki ishlar vazirligi: A-373 yo’lining Qamchiq dovoni hududida, Taxtaqoracha, Langar va boshqa muhim transport kommunikasiyalarida aholi va transportlarning xavfsiz harakatini ta’minlaydi.

Avtomobil yo’llari qo’mitasi: A-373 yo’lining Qamchiq dovoni hududida va boshqa muhim transport kommunikasiyalarida aholi va transportlarning xavfsizligini ta’minlash uchun muhandislik-himoya tadbirlarini amalga oshiradi.

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ: xavfli jarayonlar oqibatida “Qamchiq” dovonida avtotransport harakati cheklanganda, yo’lda qolgan fuqarolarni “Angren – Pop” yo’nalishi orqali manziliga yetkazadi.

Shеrzod Jo‘rayev,

Jondor tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti.