“Soliqchi — ko‘makchi”

  2022-yilda “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida Peshku tuman davlat soliq inspeksiyasida amalga oshrilgan ishlar

        “Soliqchi — ko‘makchi” tizimining mohiyati shundan iboratki, eng avvalo, biz endi ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan, unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanligini tanlab berishimiz zarur. Undan keyin esa, biznes subyektining “yashab ketishi”, ya’ni, faoliyat ko‘rsatmayotganlarini qayta tiklashga, buxgalteriyasini yuritishi, hisobotlarni to‘ldirishi va topshirishi, xullas, nima muammosi bo‘lsa hal etish bo‘yicha yordam berishga asosiy e‘tibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda, faoliyatimiz qancha soliq qonunchiligini buzish aniqlandi va qo‘shimcha soliq hisoblandi, deb tadbirkorni jazolashga emas, aksincha, soliq qonunchiligini buzilishini nechog‘lik kamayganligi va tadbirkorlarni ortiqcha xarajatlardan saqlab qolishga qancha hissa qo‘shilganligiga qarab belgilanadi.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida ko‘maklashish lozim bo‘lgan   tadbirkorlik   subyektlarni   aniqlash   bo‘yicha   belgilangan mezonlarga   ko‘ra amaliy   yordam   ko‘rsatilishi   kerak   bo‘lgan korxonalarga 2022-yil davomida 1662 ta  korxonalar faoliyati o‘rganilishi natijasida “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida soliq organiga bog‘liq bo‘lgan 1389 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarning muammolari, ya‘ni dastlabki buxgalteriyasini yuritish, “E-AKTIV” , “E-IJARA” va “E-Imtiyoz” ATT bo‘yicha tushuntirish berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish bo‘yicha hamda soliqlarni hisoblash, soliq  hisobotlarini taqdim etish, soliq to‘lash muddatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Boshqa idoro va tashkilotlarga tegishli bo‘lgan 65 ta, jumladan 2 ta holatda bino va yer ajratilishi to‘g‘risda, 13 ta holatda gaz, elektr va suv ta’minotiga ulanish to‘g‘risida,  50 ta holatda esa 36835,0 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishi to‘g‘risida muammo aniklanib, tegishli tartibda Peshku tuman bank filiallariga va viloyat markaziy bank boshqarmasiga hamda elektr ta‘minoti sifatini yaxshilash va transformatorni yangilash to‘g‘risidagi murojaat xatlari  Peshku tuman Elektr ta‘minoti korxonasiga yuborilishi ta‘minlandi.

O‘rganish natijasida, 2022-yilda 241 ta yangidan tashkil etilgan korxonalarni tizimli ravishda korxonalarning qayd etilgan manzilda joylashganligi o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari ko‘rsatilgan manzilda mavjudligi aniqlangan va “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida dastlabki buxgalteriyasini yuritish, soliq rejimini tanlash va imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qarori talablari asosida tumanda 2022-yil davomida  o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 4187 nafarni, shu jumladan dekabr oyida 664 tani  tashkil etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022-yil 1-mart kuni “Xotin qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash borasidagi dolzarb vazifalar to‘g`risida” kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishning 18-son bayoni 17.5-bandi ijrosi bo‘yicha tijorat banki mijozi bo‘lgan tadbirkor ayollarga alohida yondashuv asosida xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etish belgilanganligi munosabati bilan, 2022-yilda 67 ta holatda tabirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda tijorat banki mijozi bo‘lgan tadbirkor ayollarni muammolari o‘rganilib amaliy yordam ko‘rsatildi hamda dekabr oyida175 nafar ayollarni o‘zini-o‘zi band qilishga ko‘maklashildi.

2022-yil dekabr oyida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 noyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati va O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 441-447-moddalariga asosan Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlari vakillari va hisobchilariga o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Soliq sohasidagi yangiliklar va o‘zgarishlar to‘g‘risida doimiy ravishda “Peshku.uz-rasmiy sayti” ijtimoiy tarmog‘iga chiqartirildi.

Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messendjerida Yuridik shaxslarga soliq masalalarida xizmat  guruhi tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tadbirkorlik sub’ektlariga sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, tuman davlat soliq inspeksiyasi mutaxassis xodimlari barcha soliq to‘lovchilarga ko‘mak berishga doim tayyor.

Hamid Safarov,

Peshku tuman Davlat soliq inspeksiyasi

Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash

sho‘basi boshlig‘i.