Samarqand shahriga sayohat

Xalq ta’limi Kogon tuman bo’limi hamda O’zbekiston yoshlar Ittifoqi Kogon tuman Kengashi hamkorligida Samarqand shahriga sayohat  tashkillashtirildi. 13-14 fevral kunlari Kogon tuman 1-umumta’lim maktabi faol yoshlari, fan olimpiadasi g’oliblari, maktab va sinf sardorlaridan iborat 55 nafar o’quvchilar Samarqand shahri bo’ylab ekskursiya qilishdi.

Sayohatning ilk kuni Imom al-Buxoriy, Mirzo Ulug’bek observatoriyasi, Shohi Zinda, mahobatli Registon maydoni, Bibixonim majmuasi, Islom Abdug’aniyevich xobgohlari ziyoratidan boshlandi.

Maktab yoshlar yetakchisi Umidjon Qurbonov fikriga qaraganda, sayohatdan ko’zlangan asosiy maqsad, yoshlarni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan madaniy-ma’naviy merosini o’z ko’zi bilan ko’rib, uning qiymati baland ekanligini yoshlar ongida shakllantirish va bu yo’l orqali ajdodlariga munosib avlod bo’lishlari zarurligini tushuntirishdan iboratdir.

Sayohatning ikkinchi kunida Hazrat Dovud ziyoratgohiga tashrif buyurildi.

Bir so’z bilan aytganda, ushbu loyiha maktab yoshlariga ulkan motivatsiya bera oldi.