MUSOBAQA ETADI DAVOM…

Ayni damlarda kattalar o‘rtasidagi bellashuvlar qizg‘in tus oldi. Musobaqaning ilk g‘oliblari qorako‘llik ikki polvon – Shahzod Arashov va Shazod Oyliyev qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishdi.

Buxoro tumanidan tashrif buyurgan sportchi qiz Nargiza Rahmonova va vobkentlik  Laziza Ashurovalarning bahsi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Bu bellashuvda Nargiza Rahmonova g‘olib bo‘lib, munosib taqdirlandi. Bo‘lib o‘tayotgan port musobaqalarini sayyohlar ham katta qiziqish bilan tomosha qilishmoqda.

Eslatib o‘tish joizki, bellashuvlarning odilona  o‘tishida Buxoro viloyati federatsiyasi ijrochi direktori Savriddin Umarovning xizmatlari katta.

– Bugungi kurash musobaqalarida o‘tgan yildagilariga nisbatdan ko‘p yosh sportchilarning jalb etilayotganiligini inobatga olayotgan bo‘lsak, ularning hech birini e’tibordan chetda qoldirishga haqqimiz yo‘q. Shuning uchun har bir yosh  sportchini imkon qadar pul mukofoti bilan taqdirlab boryapmiz, – deydi Savriddin aka polvonlarga sovg‘a topshirar ekan.

Shahina Hayitova,

Suhrob Hamroyev,

Bahodir Karimov,

“Parvoz” yosh jurnalistlar guruhi a’zolari