Yigirma besh yilkim osmon aksida
Yana bir mustaqil ovoz urar bong,
O’ttiz bir million xalq dunyo ko’ksida
“O’zbekiston!” deya ko’z ochar har tong!
25 yilkim hayot mavjida
Tanti o’zbeklarga lol butun jahon.
Har kuni yuksalish, o’sish avjida,
Nurli yo’ldan borar hur O’zbekiston!
25 yilkim, bag’rikeng quyosh,
Har kun shu samoni etadi manzil,
Bu shunday manzilki, bag’ri serquyosh,
Bosh uzra ko’tarib suyishga arzir!
25 yilkim, bu ozod zamin,
Obodlik kamolin topdi beqiyos.
Totib ko’rgandan so’ng erkinlik ta’min,
Hatto gullari ham ochildi qiyg’os.
25 yilkim, Qalblarda g’urur
Ruhlarda yonadi ozodlik qoni!
Chorak asr ichra bizni tan oldi,
Bizni qarshi oldi jahon ayvoni.
25 yilkim, erk vorisimiz,
25 yilkim, biz g’am armoni.
25 ming bora aytajakmiz biz,
Hech kimga bermaymiz O’zbekistonni,
Jondek asragaymiz O’zbekistonni!
Dilafro’z ISTAMOVA,
Shofirkon tumani.