Sayyor qabulga marhamat!

Joriy yilning 26-oktabr kuni soat 10:00 da Olot tumani Arabxona mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholini ijtimoiy muammolari yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig’i tomonidan sayyor qabul o’tkaziladi.

Unda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash, protez ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash, nogironlik belgilanishi bo’yicha ma’lumot olishingiz va bu boradagi murojaatingizni yo’llashingiz mumkin.