PESHKU TUMANIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Bugungi kunda davlatimizning asosiy maqsadlaridan biri kelajak poydevori bo‘lgan yoshlarni huquqiy, maʼnaviy yetuk, mustaqil fikrlovchi barkamol avlod qilib voyaga yetkazishdir. Sababi, mamlakatimizning bugungi va ertangi kunini hal qiluvchi kuch bo‘lib maydonga chiqayotgan yoshlarimiz – bizning ertamiz, kelajagimiz bunyodkorlari hisoblanadi.

Shu munosabat bilan,  Buxoro viloyat Harbiy prokurori polkovnik A.Boboyev, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻining òrinbosari polkovnik O.Mirzayev boshchiligida yoshlarni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rganish va kelajagimiz davomchisi bo’lmish yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yetuk mutaxassis bo’lishlarida ko’maklashish maqsadida Afshona texnikumining faollar zalida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Boshqarma xodimlariga biriktirilgan otaliqqa olingan yoshlar orasidan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan va ijobiy natijalarga erishgan yoshlar va mahalla yetakchilariga boshqarma boshlig‘ining esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi.

Uchrashuv so‘ngida mehmonlar Abu Ali Ibn Sino muzeyida bo‘lib, tibbiyot tarixi bilan yaqindan tanishdi. Yong‘in qutqaruv va qutqaruv asbob anjomlari ko‘rgazmasi namoyishi o‘tkazildi.