Amerikani zabt etayotgan buxorolik!

Vobkent tumanining iste’dodli yosh arxitektori va 3D dizayneri Jamshid Kamolov hozirda erkin freelancer sifatida o’z ishini Amerikadan buyurtmalar olib bajaradi va uning loyihasi asosida Amerikada bir nechta uylar va loyihalar qurilib kelmoqda.                                                                           Avvaliga Jamshid uy sharoitida ishlashga majbur edi, bu esa ko’p noqulayliklar keltirib chiqardi. Shaharda ham mos joy topa olmagan. Ammo, Vobkent tumani Yoshlar ishlari bo’limi boshlig’i Xushnutbek Rajabov unga tumandagi Yoshlar markazi binosidan maxsus xona ajratib berdi va barcha kerakli sharoitlarni yaratib berdi. Bugungi kunda Jamshid Kamolov to’laqonli ishlab, yuqori daromad topmoqda. Shuningdek, u o’z sohasining bilimlarini tuman yoshlariga o’rgatishga tayyor.

Ijodga qiziqadigan odam rivojlanadi, mablag’ga qiziqsangiz uzoqga bormaysiz — deydi Jamshid Kamolov

Qahramonimizning hikoyasi bizga shuni ko’rsatadiki, hech qanday qiyinchiliklar orzularimizga erishishga to’sqinlik qila olmaydi. Siz ham o’z maqsadlaringiz sari intilib, harakat qiling va hech qachon taslim bo’lmang!