Dunyoning lazzatlaridan biri bu kitob mutolaa qilish desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu satrlarni ko’zdan kechirib chiqish yoki til uchida o’qish emas, balki yozuvchining qahramonlari hayotida yashab ko’rish, jumlalarda yashirin hislarni uqib olishdir. Kitobni sevgan insondan yomonlik chiqmaydi, xalqning dushmani loqayd beparvo bo’lib voyaga yetmaydi aksincha, Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka qarab kamol topadi. Birinchi o’rinda bolaga kitobni, mutolaa zavqini o’rgatish uchun ota-onaning roli ahamiyatlidir. Bu haqiqat! Oramizda shunday insonl’r borki, ular bolalariga kitob o’qish yoki xarid qilib berishdan ko’ra, yig’laganda telefon bilan ovutishni afzal ko’rishadi. Inson asli shunaqa oson yo’lni qidiradi, dangasalikni xush ko’radi.
Turli xil o’yinlar, shakllar, rasmlar bilan to’lib yotgan telefonga bolaning qiziqishi oshadi-da, o’qish va uqish mashaqqati bo’lmagan videolar hamda o’yinlarning avjiga tushib qolgan bolaning miyyasi kitob mutolaasiga, yozuvlariga ortiqcha qiyinchilik deb qaraydi. Kitob bolaga bilim, ma’lumot ulashishdan tashqari uni tarbiyalaydi. Asar voqealaridan o’rnak oladi, xulosa qilishni, tasavvur olamini kengaytirishni ham o’rgatadi qolaversa, do’stlariga qaysidir o’yinda rekord o’rnatgani bilan maqtanishnimas, kechasi bilan kitob o’qigani, berilib tugatib qo’ygani bilan maqtanadi.
Bolalarga kitob olib berib o’qittirish emas, balki o’rnak bo’lish, eng samarali yo’l hamda yuksak ma’naviyatdir!
Shahnoza Jalilova,
Gijduvon tuman 56-maktab o‘qituvchisi.