UFQNI KUZATIB…

 

Fayzli qishloq tomonda,

Quyoshli saratonda,

Nurli chiroq yoqildi,

Samimiy xonadonda.

 

Ikrom tog’a yuragi,

Ishonmasdi ro’yoga.

Jannat xola quvonchdan,

Sig’mas edi dunyoga.

 

Ular baxtli, shod edi,

Chehralari misli oy.

Bu chiroqni birlashib,

Nomladilar: Tursunboy.

 

Tursunboy siz edingiz,

Ularning orzu-ahdi.

Yakka-yolg’iz dilbandi,

Kelajakdagi baxti.

 

Afsus, siz “jasur” emas,

Qo’rqoq bo’lib o’sdingiz.

Ishyoqmas, g’irt dangasa,

Toychoq bolib o’sdingiz.

 

Qarang, endi yosh emas,

Kap-kattakon yigitsiz.

Qosh- ko’zlari kelishgan,

Shohimardon yigitsiz.

 

Kiyimlari ozoda,

Pason edi yurishi.

Shu payt boshlangan edi,

Qurg’ur Jahon urushi.

 

Ota-ona o’g’lini,

Yubordilar urushga.

Yurtni ozod qilish-chun,

Dushmanlarni qirishga.

 

Ammo ular orzusi,

Havodek uchdi – ketdi.

Ular aytgan “mard” o’g’il,

Poyezddan tushib ketdi.

 

Siz nomardsiz Tursunboy,

Urushdan qochdingiz-a?

Dushmanlarga aslida,

Yo’lni siz ochdingiz-a?

 

Endi makon to’qayzor,

Siz u tomon berkingan.

Bilishmas ota-ona,

O’g’li jangsiz chekingan.

 

Bechora Jannat xola,

To’qayzorda xayoli.

Haqiqatda u ona,

Chin o’zbekning ayoli.

 

Yashirincha ovqatni,

O’g’liga olib borar.

Termulib yuz – ko’ziga.

Kun sayin so`lib borar.

 

Kunlar o`tdi onangiz,

Faqat sizni o’yladi.

Vijdon azobi qiynab,

Yur, ketdik,-deb so’yladi.

 

Siz o’sha, o’sha qo’rqoq,

Parvo ham qilmadingiz.

Hayvonlarcha ovqatni

Yeb, qadam jilmadingiz.

 

Siz ham farzandmi endi?

Faqat qornin o’ylagan.

Onangiz xasta, bemor,

Kelar deb yo’l poylagan.

 

Birdan yig’i ovozi,

Kelib qoldi naridan.

Qarangki buzrukvori,

Tobut bor yelkasidan.

 

Mushfiqqina onangiz,

Yotar edi tobutda.

G’am–alam bosdi sizni,

Nahot qayg’u ovqatda?

 

Onangiz so’nggi yo’lda,

Hatto borgingiz kelmas.

Yo’q! Siz odam bolasi

Inson farzandi emas.

 

Sizda yurak qolmagan,

Siz sodiq emas ahdga.

Men sizni qiyos qildim,

Quriyotgan daraxtga.

 

Urush ham tugar bir kun,

Tugaydi dushman–olchoq.

Lek tugamas sizning nom,

Siz o’sha qo’rqoq–QOCHOQ!!!

GULHAYO TO`RAYEVA, Qorako’l tumanidagi 47- umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi.